понедельник, 29 августа 2016 г.

Zulfiya

(1915-1997)
Muhtaram o'quvchi! Balki Sizning maktabingizda yoki qo'shni mak-tablarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'Jgan qizlar o'qir.

Siz, albatta, shunday mukofot borligini, u har yili respublikamizda ta'lim, fan, adabiyot, san'at sohalarida o'z iste'dodini namoyon etayotgan rnaktab, kasb-hunar koJIeji va akademik litseylar hamda oliy o'quv yurtlarida o'qiyotgan qizlarga taqdim etilishini yaxshi bilasiz. Ana shunday nufuzli mukofot nega Zulfiya nomida, Lining o'zi kim, qanday xizmatlari bilan bunday sharafga sazovor bo Igan deb, hoynahoy, qiziqqan bo 'Isangiz ham kerak? Keling, yaxshisi hikoyamizni diqqat bilan o'qing!
Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli shoirasi, O'zbekiston
Palq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat toukofotlari sohibasidir. U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang'ich maktabda, so'ng xotin-^'zlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O'zbekiston Fanlar a^ademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o'qigan. Shundan
Btyin turli nashriyotlarda ishlagan, 1953-yiIdan 1980-yiIgacha, qariyb o'ttiz yilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xq tin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan.
Zulfiyaning dastlabki she'rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932, yilda bosilib chiqqan. Shundan so'ng shoiraning «She'rlar» va «Qizlar qo'shig'i» (i938), «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944), «Dalada bir kun» (1948), «Tong qo'shig'i» (1953), «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965), «O'ylar», «Shalola» kabi o'nlab she'riy to'plamlari chop etildi. U atoqli o'zbek shoiri Hatnid Olimjon bilan oila qurib, ular shirin hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o'rtog'idan ayriladi. Shundan so'ng umrbo'yi o'z muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini da-vom ettiradi, Uning «Semurg'», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratadi. O'zi ham «Quyoshli qalam», «Mu-shoira», «Xotira siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarboyjon, hind shoiralarming she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qiladi.
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevro-paning o'nlab davlatlarida bo'lib, xalqaro xotin-qizlar hamda adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etar edi. Uning she'rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vyetnam kabi juda ko'p xorijiy tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 1997-yil 82 yoshida vafot etgan.

TUN
Tog' ortiga o'tib ketdi kim,
Sekin cho'kdi toza, salqin tun...
Men deraza ochganim chorbog'
Sokin uxlar tun ko'rpasida.

Mayin qo'shiq yoyilar har yon
Esib o'tgan yel sharpasida.
Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uyg'oq,
Parcha qog'oz, kichik bir qalam,
Boshim uzra porlaydi chiroq.

1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug'iladi.

1931–34-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o'qiydi. Adabiy to'garaklarda qatnashadi va she'rlar mashq qiladi.

1931-yil 17-iyul. Birinchi she'ri «Ishchi» gazetasida bosiladi.

1932-yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi.

1932-yil. «Hayot varaqalari» nomli birinchi she'rlar to'plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o'qiydi.

1933–35-yillar. O'zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi.

1935–38-yillar. O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot instituti aspiranturasida o'qiydi.

1938-yil. Bolalar nashriyotida muharrir.

1939-yil. «Qizlar qo'shig'i» she'riy kitobi chiqadi.

1941-yil. O'zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo'limi boshlig'i.

1943-yil. «Hulkar» kitobi, «Uni Farhod der edilar» poemasi nashr etildi.

1944-yil. «Hijron kunlarida» kitobi chiqadi.

1944-yil. Hamid Olimjon vafotiga atab «Kechir, qoldim g'aflatda», «Yulduz», «Ne balolarga etding mubtalo», «Sen qaydasan, yuragim», «Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so'roqlab» she'rlarini yozadi.

1950–53-yillar. «O'zbekiston xotin-qizlari» jurnali bo'limi boshlig'i.

1950-yil. «Men tongni kuylayman» she'riy kitobi chiqadi.

1953-yil. «Dugonalar bilan suhbat» kitobi nashr etiladi. «Oydin» ocherki bosildi.

1954-yil. «Saodat» jurnalining bosh muharriri.

1958-yil. «Yuragimga yaqin kishilar» kitobi chiqadi. «Mushoira» she'ri, «Zaynab va Omon» operasi librettosi yozildi.

1965-yil. O'zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. «Kuylarim sizga» she'rlar to'plami, «O'ylar» adabiy maqolalari kitobi chop etiladi.

1967-yil. Neru xalqaro mukofoti laureati bo'ldi. «Quyoshli qalam» poemasini yozdi.

1970-yil. Nilufar nomli xalqaro mukofot laureati bo'ldi.

1972-yil. «Visol» she'rlar to'plami nashr etildi.

1972-yil. Bolgariya Xalq Respublikasining I-darajali Kirill va Mefodiy ordenini oldi.

1974-yil. 2 jildlik «Asarlar» to'plami chiqdi.

1975-yil. «Yillar, yillar» she'rlar kitobi chop etildi.

1976-yil. «Kamalak» she'rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. «Shalola» she'rlar kitobi chiqdi.

1984-yil. Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati boldi, Hamid Olimjonning «Semurg'» dostoni asosida pyesa-ertakyozdi.

1996-yil. 81 yoshida vafot etdi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий