MAVZU : ASQAD MUXTOR HAYoTI VA
FAOLIYaTI
R
E J A :
1.Asqad
Muxtor tarjimai holiga bir nazar.
2.She’riyatdan
boshlangan ijod.
3.Asqad
Muxtor hikoya va qissalari.
4.Roman
janridagi muvaffaqiyatlari : «Tug’ilish», «Chinor», «Davr
mening taqdirimda» asarlari haqida .
5.Asqad
Muxtorning tarjimonlik faoliyati.
ADABIYoTLAR:
1.Asqad
Muxtor Asarlar .To’rt tomlik.T., Gafur
Gulom nomidagi
nashriyot,1980 -1983y.
2.Asqad
Muxtor Opa –singillar. O’zbekiston davlat badiiy
adabiyot nashriyoti,T.,1958 y.
3.Asqad
Muxtor. Chinor.T.,1975 y.
4.B.Soimov.Asqad
Muxtor prozasi.T., «Fan», 1969.
5.O.Tog’aev.Asqad
Muxtor. T.,1966 y.
6.O.Sharafiddinov.
Ijodning katta yo’lida. «Birinchi mo’’jiza»
kitobida.T.,GafurGulom nomidagi nashriyot,
1979 y.
7.Naim
Karimov davr ijodkor taqdirida (Asqad
Muxtorning 80
yilligiga).Til va adabiyot ta’limi. 2000
y.6-son,35-bet.
XX asr o’zbek adabiyotiga o’zining
sobit qadamlari bilan kirib kelgan serqirra ijrodkorlardan biri Asqad
Muxtordir.
Asqad Muxtor 1920 yilda Farg’ona
viloyatida ishchi oilasida tavallud topdi.Otadan erta etim qolgan Asqad
Muxtorning bolaligi bolalar uyida o’tdi.O’sha yillari mamlakatda hayot
og’ir,ocharchilik hukmron edi.Asqadning she’riyatga ixlosi balandligi
yoshligidanoq sezilib,ilk mashqlari mahalliy matbuotda, «Lenin uchquni»
gazetasida chop etilgan.
U
maktabni tugatgach,Toshkentda jurnalistika kursida tahsil oldi.
1943-1945 yillarda Andijondagi
pedagogika institutida mehnat faoliyatini boshladi.Keyinchalik Samarqand Davlat
dorilfununida,Toshkentdagi O’rta Osiyo Davlat dorilfununida tahsil oldi.Bu
erdagi muhit ko’lami o’tkir ijodkorlardan
G.Gulom,Oybek,H.Olimjon,M.Shayxzoda,Mirtemir,zamondoshlari
Shuhrat,Shukrullolarning ijodiy tajribalaridan bahramand bo’lib,adabiyotga
shoir o’ziga xos uslub bilan kirib keldi.
Asqad Muxtorning 1966 yilda «She’rlar»
to’plami e’lon qilindi.To’plamda «Umr» , «Bog’im», «Nihol», «Tong», «O’zak»,
«Galaba ishonchi», «Sog’inish» kabi katta she’rlari kiritilgan, ularda hayot
go’zalligini,insoniy fazilatlarni, davrning dolzarb muammolarini tarannum etadi.
Quyidagi
«Umr» haqidagi she’rni o’qigan kitobxon esa o’z umrini sarhisob qilib, chuqur
xayollarga berilishi tabiiy:
Hamma kunlar
Butun
hayot
Ish
uchun
Kurash
uchun.
Oxirgi
kun –
Odamlardan
Rozilik
so’rash uchun.
Nimanidir
Boshlash
kerak
Nimanidir
Tugallash,
Nimanidir
Tashlash
kerak,
Nimanidir
Egallash.
Ikki
qudrat:
Quyosh,
idrok
Ijod
etar er uzra
Shunday
so’ngsiz
Koinotda
Hayot
degan mo’jiza
Ularga
vaqt berilmagan
Bir
nafas uxlash uchun.
Qalb
talpinar
Oylar,
yillar,
To’satdan
to’xtash uchun
Yozish,o’girish
kerak,
Nimanidir
tushunish.
Kimnidir
kechirish kerak,
Kimdan
avf,o’tinish
Bariga
bugun ulgur,
Chunki
umr deganlari
Bamisli
otilgan o’q.
Uni
o’tday yondirib qo’y,
Dunyoda
qolish uchun.
So’nggi
soat –
Odamlardan
Rozilik
olish uchun
Ixcham she’rlar,kichik hikoyalar yozish
bilan ijodini boshlagan Asqad Muxtor o’zbek qissachiligi va romanchiligiga
katta asarlari bilan hissa qo’shdi.
Uning Bekobod safarida yaratilgan
«Po’lat quyuvchi», «Daryolar tutashgan joyda» qissasi, «Po’lat shahri» asarlari
jurnalistik mahoratini namoyon etdi.
1956 yilda Asqad Muxtor «Hayotga
chaqiriq» nomli ocherk va hikoyalar to’plamini nashr ettirdi.Undagi «Dog’», «Xayri», «Oksana» kabi hikoyalari
ijodkorning mahorati sayqallanib o’sib borayotganidan darak beradi.Shu yillar
«Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat mehribonlarim» (1954 y), «99 miniatyura»
(1962), «She’rlar» (1966), «Quyosh belanchagi» (1971), «Sizga aytar so’zim»
(1978) , «Sirli nido» kabi she’riy kitoblari ketma –ket chop etildi.
Asqad Muxtor qardosh Qoraqalpoq xalq
hayotiga bag’ishlangan «Qoraqalpoq qissasi» povestini 1958 yilda yaratdi.
Adibni elga tanitgan birinchi yirik
asari 1955 yili nashr etilgan «Opa-singillar» romanidir. Ko’plab
bahs-munozaralarga sabab bo’lgan bu asar xotin-qizlar haq-huquqlari,ularning
jamiyatdagi o’rnini ko’rsatib berilganligi bilan ahamiyatlidir .
Shundan keyin, Asqad Muxtorning
«Tug’ilish»(1961), «Davr mening taqdirimda» (1964, «Uch fasl dostoni» deb ham atalgan), «Chinor»
(1969), «Bo’ronlarda bordek halovat» (1976), «Buxoroning jinko’chalari» (1980),
«Jar yoqasidagi chaqmoq» (1982), «Amu» (1984), «Kumush tola» (1987) kabi qissa
va romanlari kitobxonlrga taqdim etildi.
XX asrning 70 yillarida yaratilgan
«Chinor» romani o’quvchini hayot falsafasi haqida keng mushohada yuritishga
chorlaydi.
Asarning bosh qahramoni qilib Ochil
buva obrazi olingan bo’lib,u o’zbek xalqining ma’naviy qiyofasi sifatida
tasvirlangan. Romanning nomi ham ramziy ma’noda bo’lib, Chinor inson umriga,
uning qilayotgan yaxshiligu saxovatlariga
mengzaladi.
Asqad Muxtor tarjima borasida ham o’z
uslubiga ega bo’lgan ijodkor.U Sofokl’ning «Shoh Edip»
tragediyasini,Isaakiyanning «Al-Maarriy» asarini, Shekspir va Shiller
tragediyalarini, A.Pushkin, M.Lermontov, A.Blok, V.Mayakovskiy va K.Simonov
asarlarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girgan.
Xulosa qilib aytganda,Asqad Muxtor
ijodi keng ko’lamligi bilan o’z o’quvchisini mushohada yuritishga undaydi.Uning
so’nggi asarlaridan biri bo’lgan «Tundaliklar» kitobidagi qisqa fikrlar katta
va boy mazmunni kashf etgan.
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChALAR:
Chinor
- po’sti ko’kish,panjasimon shapaloq bargli, uzoq umrli, sersoya katta daraxt.
Davr.
1.Jamiyat taraqqiyotida muhim voqea,hodisa yuz bergan,hukm surgan yoki o’ziga
xos xususiyati bilan ajaralib turadigan ma’lum vaqt oralig’i.
2.Kishi yoki kishilik hayotida ma’lum
vaqt ; yillar .Biror avlod yashagan yoki yashayotgan vaqt,zamon,zamona.
Taqdir
1.din.Go’yo oldindan belgilab qo’yilgan, peshanaga yozilgan ko’rgilik;
yozilish,qismat.
2.Kelajak; Oqibat,istiqbol .
TOPShIRIQLAR:
1.Asqad
Muxtorning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?
2.Asqad
Muxtor she’riyatining o’ziga xos xususiyatlari nimada?
3.Adibning
qaysi romani hikoyat,rivoyat qissalardan iborat?
4.
«Chinor» romanining bosh mavzusi va asosiy qahramonlari
haqida gapiring.
5.Asqad
Muxtor qaysi adiblarning asarlarini o’zbek tiliga
tarjima qilgan ?
6. «Umr»
haqidagi she’rini o’qib xayolingizdan nimalar kechdi?
chinorga reja ?
ОтветитьУдалить1.Akbaraliga tasnif.
Удалить2.Bektemirning orzulari.
3.Xulosa.