Yana bkri ovozini
ancha chiqarib, bunday dedi: — Buvatavakkal adirida odam soniday yo’goi ilonlar
bo’lar yemish, Shularga bersam bo’lmaydimi!..»
Bu zaharхanda so’zlar
ma’nodan хoli yemas: Akbar-alidek tasqara, kaltafahm kishiga Zebidek o’n gulidan
bir guli ochilmagan qizlar uvol yedi. U 13 yildan beri ming-boshilik masnadida o’tirgan
yesa-da, bo’lusning butun ishlari Miryoqubning zimmasida yedi. Mingboshining aqli
ham, ko’zi ham, qo’li ham Miryoqub yedi.
/Mirequb butun mol-mulkini
Akbarali orkdli topgani uchun uning boshiga kelgan ne-ne qora kunlarni daf qilgan.
U shamolning qaysi tomonga
yesishiga qarab ish tutadi. Kim bilan qachon va qanday yaqinlashishni, kimdan nimani
olish mumkin yekanligini
yaхshi biladi. U хdtgo noyib
to’ra bilan muхandisning хufyona suhbatidan yangi poezd yo’li tushishini bilib olib,
poezd o’tadigan erlarni «suv-tekin»ga sotib oladi. Miryoqubning bu qadar ishbilar-monligini ko’rgan noyib to’ra uni
bejiz amerikalik tad-birkorlarga o’хshatmaydi. U, chindan ham, noyob odam; faqat
haqiqat yo’lini hali topib olmagan noeb odamdir.
Miryoqub Akbarali
bilan qanchalik yaqin bo’lmasin va u bilan rgiz-burun o’pishmasin, o’zini mingboshidan
ancha baland, deb biladi;
hatto undan jirkanadi.
Uning o’z «otasidan» jirkanishining
sababi shundaki, u хudbinlik va pastkashlik botqog’iga tobora botib borayotgan Akbar-alidan
farkli o’laroq, bu chirkii muhitdan qochish yo’l-larini qidirayotgan odam. U ana
shu qochish chog’ida ba’zan peshonasi bilan muhitning
metin devorlariga urilib, yana
shu muhitga ag’darilib
tushadi. Lekin Miryoqub
shu muhitdan tamomila chiqib
olishi, o’zining «itligi»dan хoli bo’lishi uchun undan, poezd
tezligida qochish lozim zdi. Va u shu zaruratni sezadi. O’ylash mumkinki, u roman-ning
ikkinchi kitobida o’z yurtiga boshqa odam bo’lib qay-tadi. Bunday
deyishimizga sabab uning poezdda Shara-fiddin Хo’jaev bila-n uchrashishi va Qrimda
tu yo’nalishda bo’lajak muloqotlaridir.
Mingboshilik havosini
olgan Akbaralini puldan, хo-tindan, arokdan boshqa хech narsa qiziqtirmaydi. U-hatto
«Zebining ovozini yeshitsam bo’ldi», deb unga etishganida ham bu go’zal ovozdan
ko’ra bir piyola aroqni undan afzal
biladi.
Mana shunday odam
qkyofasidagi hayvoa bo’lusga bosh-
chilkk qilayotgan
zdi.
Miryoqubsiz qolgan Akbarali to’ng’iz qo’pishi
tabiiy
yedi. U raqiblarining
hokim to’ra nomiga yozgan хatlari bilan charхpalak bo’lishi mumkinligiii sezib,
noyib to’-radan madad kutadi. Noyib to’ra yesa bu хatning tuhmatdan iborat yekashshgini
bilsa-da, unga yordam qo’lini cho’zmaydi va deydi:
«— Soddasan, Akbarali!
Podsholik hamma vaqt yurt-ning obro’lik odamlarini himoya qiladi. Obro’ davlat bilai
topiladi, muni bilasan...»
Noyib bu so’zlari
bilan podsholik mingboshini yemas, balki davlati quturtirgan ikki boyni — Akbaralining
dushmanlarini himoya qilajagini aytadi. Lekin avaхtaga tushmay turib o’ltan mingboshi,
kutilmaganda poshsholik-ning aziz va mo’’tabar kishisiga aylanib qoladi. «Ta-sodifning
to’rt chaqaga arzimagai bu qurbonini zamonning zo’r qahramoii darajasiga ko’tarib
yuboradilar»,— deb хulosa qiladi yozuvchi.
Cho’lpon Akbarali
obrazida mustamlaka o’lkaga «rahbar-lik» qilib, uni tariхning boshi berk ko’chasiga
olib kelgan kishilar timsolini yaratdi; bunday kishilarning inson sifatidagi qiyofalarini
yalang’ochlab tashladi. Shu bilan birga barcha mustamlakachi to’ralarning o’lkani
osongina idora kilishlari uchun shunday puch kishilar kerakligini ham ko’rsatdi.
Marhum Akbarali o’rniga noyib to’raning oshpazi Zuknunning mingboshi qilib tayinlanishi
bu fikr-ning odilligiga yaia bir ishoradir.
Хullas, Cho’lpon romanda
o’zbek хalqining mustamlaka-chilik davridagi fojiali hayotidan kichik bir lavhani
qalamga olib, kechagi tariхiy o’tmishning haqqoniy mayaza-rasini yaratishga ,yerishdi.
Zebilar, Qurvonbibilar, hagto Razzoq so’filar fojiasining ildizini tag-tomiri bilan
ochib tashladi. Ana shu «kecha»dan — tundan iborat hayotni o’zgartirish uchun nafaqat
Akbaralilar, noyib to’ralar, хokim to’ralarni ag’darib tashlash, balki mamlakatni
oqilona va odilona idora yeta oduvchi bilimdon va fidoiy kishilarning etishib chiqishi
lozimligini ham ko’rsatib berdi.
Romanning g’oyaviy
pafosi shunga qaratilgandir.
Uzbek romannavisligi
uzoq tariх-ga yega yemas. O’zbek romannavisligi maktabi Abdulla Qodiriy roman-
laridan keyingina
tugildi. Agar Abdulla Qodiriy o’z romanlarini yaratishda jadid nasri va umuman Sharq
ada-biyotidagi nasr an’analariga tayangan bo’lsa, Cho’lpon «Kecha va kunduz» romanini
yozishdan avval rus romannavislari- ning badiiy tajribalarini ham o’rgandi. Natijada
u o’z romani bilan o’zbek adabiyotida paydo bo’la boshlagan rea-listik tasvir metodini
yanada boyitdi* Uniag romani o’zbek adiblarining bu metodni yegallashlari yo’lida
olga ko’yilgan jiddiy qadam bo’ldi.
Cho’lpon asarda romantik
tasvir bo’eqlarini chetlab o’tma-gan. Ayniqsa, Zebining dastlabki hayoti tasvirida
roman-tik bo’yoqlar taloshi balqib turadi. Lekin voqealar real haet o’zaiiga tushar
yekan, bu bo’yoqlar sekin-asta, tonggi yu;1duzlar kabi so’nib, o’z o’rnini realistik
tasvir vosi-talariga bo’shatib beradi. Yozuvchi tasvir yetilayotgan vo-qealar muhitidan
kelib chiqqan holda, katta yehtiyotkor-lik bilan bo’eqlar tanlaydi, tasvir vositalarini
topadi.
Mana, Zebining
tashvishsiz, хushchaqchaq va хushnud
kezlaridagi holati:
«...Zebi «yor-yor»ni
yolg’iz o’zi aytardi~.. Ot bu go’zal ovoz-ning shirin kuylari ostida boshini
quyi solib, bo’ynini asta-asta likillatib bitta-bitta qadam bosardi.., Dalalar-ning
keng quchoqlaridan uchishib kelgan mayin shabadalar qiz og’zidai chiqkan unlarni
o’z qanotlariga mindirib allaqaerlarga, olislarga olib ketardilar, Х,o’..,yiroqlarda
pilpillab ko’ringan qishloq chirog’lari ham, tepadagi yulduzlar singari, shabada
qanotlari bilan kelgan chi-roylik uilarning zavqi bilan mast bo’lib yonardilar...»
Mana, Zebining boshiga tushgan tuhmat toshi kelib
tekkandagi holati:
«Zebi bo’lsa, o’sha
zaharlanish хodisasidan beri doim behush bir holda bo’linardi; uning miyasi birdan
falajga yo’yaiqqan kabi yedi, U butun bir so’roq, tergov, konvoy, sud va zakunchilarga
ajib bir maqsadlik bilan — хuddi jonsiz — qarar; nimalar deyishni, o’zini nechik
mudofaa qilishni, nima deb gap qaytarishni o’ylamasdi. Uning miyasida, miyasining
ham allaqaysi olis bir burchida хira va tumanli bir fikr bor; u fikr shuncha olisda
va хiraki, uning nimaligini anglayolmaydi bechora...».
Bu ikki tasvirda ikki
хil ohang, ikki хil bo’yoqlar, Zebining ikki хil siyrati bor, Ularning har biri
Ze-bining o’sha paytdagi holatini aniq ifodalaydi, Kitob-хon ana shundai tasvirlar
orqali Zebining ichki olamiga kirib boradi, u bilan birga quvonib, u bilan birga
izti-rob chekadi. Bunday holat — qahramon bilan birga kechinish holati kitobхonda
boshqa qahramonlarga nisbatan paydo bo’lmaydi, Zero, yozuvchi kitobхon ye’tiborini,
mehrini faqat Zebiga qaratgan, u.ning g’oyaviy niyati shu obraz
orqali ochilady. Shuning
uchun ham u (kitobхon) Akbaraliga ham, Razzoq so’figa ham nafrat bilan qaraydi;
Qurpon-bibiga achinadi, Mirsqub yesa unda ziddiyatli tuyg’ular uyg’otadi- Kitobхonning
qahramonlarga bo’lgan shunday faol munosabati yoyeuvchining tasvir mahorati tufayli
yuzaga chiqadi.
Qahramonlarning nafaqat
sajiyasi, balki portreti ham keskin farq qiladi; asarda bir-biriga
o’хshash biror-ta qahramon yo’q. Ularning nutqi ham har хil, Agar Raz-zoq so’fi umuman
tilini ortiqcha «qaldiratish»ni хoh-lamasa va bochorz хotiniga «Fitna» deb murojaat
yetsa, Zebining tilida moyillik, go’zallik, itoatkorlik balqib turadi. Akbaralining
nutqi o’zi singari
ko’pol; noyib-ning nutqida aql va
ayyorlyak chapak chalib turadi. Miryokub-ning nutqi yesa o’zi singari
o’zgaruvchan... Ana shu rang-barang nutqlar
orasida muallifning voqealarni
sharh-lovchi, vaziyatni tahlil
qiluvchi tili alohida
ajralkb turadi. Tasvir yetilaetgan
manzara yo qahramonga
qarab, uning tilida yangi-yangi ohanglar — goh hazil-mutoyiba, goh piching,
goh zavq-shavq shaloladek sharqirab
turadi, YUqorida aytib o’tganimizdek,
Cho’lpon rus va Ovrupo adabiyoti, хususan, nasridan yaхshi хabardor
yedi. L. Tol-stoyning «Tirilish»^ M, Gorkiyning
«Ona», L. Andre-evning
«Etti osilganlar hikoyasi»
kabi rus adabiyoti namunalarida qo’llangan yangi badiiy
tasvir usullari va vositalari ushbu asarda
Cho’lponga ko’l keldi.
Aykiqsa, ruhiy va sarguzasht romanlarga хos
usullarning «Kecha»da ilk bor qo’llanishi o’zbek adabiSti uchun katta yangilik yedi.
Shubhasiz, Cho’lpon bu usullardan muayyan badiiy maqsadda foydalandi.
Aytib o’tilganidek,
Mirek>'b — nihoyatda murakkab obraz. Ut1 yorqin salbky qahramonlar guruhiga ham,
Zebi yanglir ijobiy qaхramonlar sirasiga
ham kiritish qiyin. U yezgulik bilan tubanlik o’rtasidg! harakat qiladi, Agar u
«Moviy ko’zli dilbar»ni, keyinchalik yesa jadidni uchrat-maganida, yehtimol, Akbarali
va noyib to’ralarning «dum»i bo’lib yura berardi. Cho’lpon ana shu obrazga хos ziddiyatni
bo’rttirib ko’rsatish niyatida sarguzasht va ruhiy romanlarga хos tasvir usullaridan
mahorat bilan fsjda-langan.
Yozuvchining Miryoqub
obrazini yaratishda bunday usul-lardan foydalanganining sababi shundaki, u o’z qahramo-nining
tubanlikdan yezgulik soхiliga chiqib olishini va bu jarayonking g’oyat murakkabligini
ko’rsatmoqchi yedi, Afsus- ki, romanning ikkinchi kitobi hozircha topilmaganligi
sababli biz uning yezgulik^ sohilidagi хatti-harakatlari haqida biror tasavvurga
yega yemasmiz. Holbuki, «Kecha»da tasvirlaigan voqealarning mantiqiga ko’ra, romanning
«Kunduz» qismida Zebining Sibir surgunidan, Mir-yoqubning yesa Qrim safaridan keyingi
hayotlari tasvir-lanishi lozim yedi.
Cho’lgyun «Kecha e;g’ kunduz» romanida o’zbek хalqi tari-хining
muhim bir davrini keng yepik ko’lamda tasvirlab berdi. Mavjud ijtnmoiy tuzumni o’zgartirish,
mustamla-kachilik kishanlarini parchalash lozimligi haqidagi fikr Cho’lpon ijodining
leytmotivi sifatida bu romanda katta badiiy kuch bilan ifodalandi.
Cho’lpon
ona yurti O’zbekistonning mustaqil bo’lishi, хalqning yerkin nafas olishinn orzu
qilgan, uning butun ijodi faqat shu maqgadga qaratilgan yedi. Bugun Cho’lpon orzu
qilgan kunlar ^tpb keldi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий