ABDULLA QAHHOR
(1907 — 1968)
Abdulla
Qahhor Qo'qon shahrida kosib oilasida tug'ildi. Otasi oq-qorani tanigan savodli
odam, temirchi usta edi.
Uning о'sha paytlarda bir joyda ish topib muqim
ishlashi qiyin kechar, shu uchun qishloqma- qishloq ko'chib yurardi. Bunday
ko'ch- ko'chlar tufayli oilasi ham turli joylarda yashashga majbur bo'lardi. Bu
haqda yozuvchi «0'tmishdan ertaklar» asarida hikoya qilgandi. Bu holat,
tabiiyki, bo'lg'usi adibga ko'р odamlarni ko'rish, g'aroyib voqealarning
shohidi bo'lish, xalq hayotini chuqur bilish imkonini bergan. Yosh Abdulla 1919
— 1924-yillarda boshlang'ich mak tab, maktab-internatda о'qidi, Keyin
Qo'qondagi pedagogika texnikumida ta'lim oldi. So'ng 0'rta Osiyo Davlat
universitetining ishchilar fakultetini, pedagogika fakultetini tugatdi.
Uning ijodi
20-yillarning о'rtalarida
boshlandi. Dastlab maqolalar, lavhalar, felyetonlar yozib, ularda eski
turmushni, ilmsiz, fikran qoloq, yangilikka qarshi turadigan odamlarni fosh
qilishga intildi, hayotdagi yangiliklarni ulug'ladi.
Abdulla Qahhor
iste'dodli bo'lish bi!an birga, havas qilarli darajada tirishqoq, mehnatsevar,
ko'р kitob mutotaa qiladigan inson
bo'lgan. Undan ikkita roman meros qolgan. Bu romanlarning biri «Sarob»,
ikkinchisi «Qo'shchinor chiroqlari»dir. «Sarob» romanini yozib tugallaganida 27
yoshda bo'lgan. 20-asrning 20-yillaridagi voqealar, yangilikka moslasha
olmagan, xalqning mustamlakachilik zulmi ostida yashashini istamagan, millat
taqdiri uchun kurashganlar fojiasi aks ettirilgan bu roman yozuvchini xalqqa tanitdi.
1951- yilda tugallangan «Qo'shchinor chiroqlari» romanida 30-yillarda
0'zbekiston qishloqlarida bo'lgan о'zgarishlar qalamga
olingan. «0'tmishdan ertaklar» asariga yozgan so'z boshisida Abdulla Qahhor rus
yozuvchisi А.Р.Chexovni ustozim deydi. Darhaqiqat,
30-yillarda Abdulla Qahhor bu adib asarlari- ni sinchiklab о'qib-о'rgandi va undan ta'sirlanib «Anor», «Bemor», «0'g'u», «Boshsiz odam»,
«Jonfig'on», «Dahshat» singari hikoyalarini yaratib, mohir hikoyachi sifatida
tanildi. G'am-g'ussaga to'la bu hikoyalarida, shuningdek «0'tmishdan ertaklar»
qissasida yozuvchi mustamlaka zulmi ostida ezilgan xalqimizning 20-asr
boshidagi og'ir hayoti, qismatini tasvirlagan.
«Sinchalak» (1958)
qissasi ham yozuvchi ijodida muhim о'rin tutadi. 0'nlab
xorijiy tillarga tarjima qilingan bu asar 20-asrning 50-yillaridagi ayollar
ongidagi о'zgarishlar,
ularning jamoat ishlaridagi faolligi, hayotda о'z о'mini topish uchun
intilishlari to'g'risidadir.
Adib nasriy asarlardan tashqari dramatik
asarlar ham yaratgan. Uning Mirzacho'lni о'zlashtirishga intilgan insonlar hayoti, orzu- o'ylari («Yangi уег» — «Shohi so'zana», 1949 — 53), рогахо'rlik illatlarini («So'nggi
nusxalar» — «Tobutdan tovush», 1962) vа keksa avlod bilan yani avlod о'rtasidagi munosabatlarni namoyon etuvchi («Ayajonlarim», 1967)
pyesalari respublikamizdagi va chet ellardagi ko'plab teatrlarda
sahnalashtirilgan. Yozuvchi badiiy tarjima bilan ham shug'ullangan. Abdulla
Qahhor 1954 — 56-yillarda 0'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan.
1952-yilda «Shohi so'zana» asari uchun Davlat mukofotiga (1952), «О'tmishdan ertaklar» qissasi uchun Hamza
nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan (1966). U 0'zbekiston xalq
yozuvchisi faxriy unvoniga ham ega edi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий