понедельник, 29 августа 2016 г.



Muhammad Yusuf

(1954 - 2001)

1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug’ildi.
Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980), "Toshkent oqshomi" gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san’at nashriyotida, "O’zbekiston ovozi" gazetasida (1986-1993) ishladi.

Umrining oxirgi 4-5 yilida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo’ldi. U "Tanish teraklar" (1985), "Bulbulga bir gapim bor" (1987), "Iltijo" (1988), "Uyqudagi qiz" (1989), "Halima enam allalari" (1989), "Ishq kemasi" (1990), "Ko’nglimdagi yor" (1991), "Bevafo ko’p ekan" (1991), "Erka kiyik" (1992), "Yolg’onchi yor" (1994), "Osmonimga olib ketaman" (1998) to’plamlarining muallifi. 1998 yilda unga "O’zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. U II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001 yilda "Saylanma" asarlari chop etildi. M. Yusuf she’rning qo’shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko’rsata oldi. Shoir she’rlaridagi har bir so’zda qanoat, parvozga shaylik bor.

Ulug’vor muhabbat, o’talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o’g’illik sadoqati - shoir she’rlari asosini belgilaydi.

M. Yusuf 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, tug’ilgan qishlog’idagi qabristonga dafn etildi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий