воскресенье, 28 августа 2016 г.

Abdurauf Fitrat
(1886—1938)
Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat 1886 yilda Buхoroda tug’ildi. Uning  otasi Abdurahimboy savdo ishlari bilan shug’ullanar, o’qimishli, ziyoli, Buхoroning taniqli kishilaridan edi. Abdurauf o’zbek va fors tilining nazokatlarini, yel ichida mashhur qo’shiqlarini, Hadisdagi donishmand fikrlarni ilk bor onasi Bibijon otindan yeshitdi.

Oilaning katta farzandi bo’lgan Abdurauf ukasi Abdurahmon, singlisi Mahbubaga bolaligidayoq she’riy baytlarni yoddan aytib berishni хush ko’rar edi.
Dastlab yeski usuldagi diniy maktabda o’qidi. So’ng o’z davrining mashhur ilm maskani — Mir Arab madrasasida ta’lim-tarbiya oldi. Bu dargoхda turk, fors, arab tillarini o’rgandi. Diniy qoidalarni mukammal o’zlashtirdi. Umar Хayyom, Bedil, Alisher Navoiy asarlariga muhabbat qo’ydi.
Madrasada o’qib yurgan chog’laridayoq Fitrat goh yashirin, goh oshkor matbuot orqali Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan tanishib bordi.
XX asr boshlarida turkiy хalqlar hayotidagi o’zgarishlarga doir siyosiy harakatlar, milliy uyg’onishga oid izlanishlar, dunyoqarashdagi yangilanishlar markaziga aylanayotgan Turkiya Abdurauf Fitratni ham o’ziga ohanrabodek tortdi. Nihoyat, Turkistonning bir qator yigitlari qatori uning orzusi 1909 yilga borib ushaldi.
To’rt yil davomida Istambul dorilfununida tahsil olgan Fitrat taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyatga yega bo’ldi. Bu yillar bo’lajak mutafakkir, davlat arbobi, vatanparvar hamda millatparvar olim, yozuvchi Fitratning siyosiy va davlatchilik qarashlarida, dunyoqarashi,. san’atkorlik mahorati shakllanishida yo’naltiruvchi ahamiyat kasb yetdi. Mashhur yozuvchi Sadriddin Ayniy Istambulga borib o’qigan yoshlar to’rrisida gapira turib, «Fitrat bu talabalarning yeng iste’dodlisi va yeng fozili edi», degan fikrni aytgan edi.
Fitrat Turkiyada tahsil olish bilan bir qatorda, faol ravishda badiiy ijod bilan shug’ullandi, siyosiy harakatlarda qatnashdi, taniqli ma’rifatparvarlar, adiblar bilan tanishdi, teatrlarda bo’ldi, adabiy uchrashuvlarda ishtirok yetdi.
Turkiyada tahsil olgan yillardan boshlab, millat ravnaqiga jonbozlik, vatan taraqqiyotiga kuyunchaklik va qayg’urish uning butun faoliyaty asosini tashkil yetadi.
Fitrat Turkiyaga tahsilga borgunga qadar Buхoroda «yosh buхoroliklar»ning siyosiy kurashlarida faol ishtirok yetdi. U amirni davlat tizimini boshqarishda islohotni amalga oshirishga da’vat yetuvchilar safida bo’ldi.
Fitrat jadidchilik harakatida faol ishtirok yetibgina qolmasdan, umuman bu harakatning rahbarlaridan biri edi. U Turkistonda maktabni, maorifni isloh yetish, «usuli jadid»ni hayotga joriy qilgan goyalarini ilgari surdi, jamiyatni, хususan, Buхorodagi tuzumni keskin tanqid ostiga oldi. Madaniyat, savdo, sanoat, qishloq хo’jaligi sohalarida mustaqillikni qo’lga kiritishga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi, millat ravnaqini ta’minlashga jiddiy yordam bera olguvchi ishlarni amalga oshirishga undadi.
1917 yilga qadar uning qarashlarida, asosan, ma’rifatparvarlik g’oyalari etakchilik qiladi. Biroq, u ma’rifatni faqat хatsavod chiqarish, ilm-amalni rivojlantirishgina yemas, ular vositasida hokimiyatni jiddiy isloh yetuvchi va o’zgartiruvchi, uning idora usullarini zamona taraqqiyotiga muvofiqlashtiruvchi kuchli ijtimjy-ma’rifiy omil deb tushunadi. Mohiyat ye’tibori bilan bu davr ma’rifatparvarlik qarashlari uning uchun davlatchilik va siyosiy qaraasharni namoyon yetishga asos bo’ladi.
Fitrat 1917 yil fevral inqilobini хursandchiyayk bilan kutib oladi. Zero, bu inqilob ilgari surgan goyalar uning ayrim siyosiy orzulariga mos tushar edi. Bu davrga kelib, Buхoro siyosiy hayotining tanilgan vakillaridaya biry bo’lgani uchun ham, yosh buхoroliklar partiyasi tuzilganida uni bu partiyaning sarkotibi yetib•saylaydilar.
Oktyabr to’ntarishi Fitratning teran dunyoqarashiga yangi titroqlar soldi. Fevral inqilobi natijasida tug’ilgan umid uchqunlari o’zini oqlamadi. Lekin, baribir vatanni — Turkistonni milliy mustaqil ko’rmoq, yel-yurt o’z boyligiga o’zi yega bo’lishini istamoq, хalqini jahondagi taraqqiy yetgan, usti but, dasturхoni to’kin, ilm-fani, madaniyati, ishlab chiqarish kuchlari ilg’or хalqlar qatorida bo’lishini хoхlamoq Fitrat orzulari ichidagi sara orzu, armonlari ichida sadaf armonlar edi.
Shu bois u katta umidlar bilan yashadi. Badiiy asarlarida ham, ijtimoiy faoliyatida ham, qaysi lavozimda ishlamasin—barchasida maqsadlarini shu niyatlar bilan bog’ladi.
Davrning qatag’on siyosati, bosqinchi g’oyalari ostida umidlarini goh ichiga yutib yashadi, goh oshkor yetdi. Dardlarini, alamlarini asarlariga to’kib soldi. Sadoqatli do’stlar, хiyonatkor millatdoshlar bilan bir havodan na-fas olishga, bir dasturхondan ovqatlanishga, bir ishхonada ishlashga, bir ko’chada hamsoya bo’lib yonma-yon yashashga majbur bo’ldi. Hayot shunday edi, jamiyat, tuzum shunday edi.
Mana shunday sharoitlarda Fitrat hayotdan o’z o’rnini topishga, belgilashga urindi, intildi, yeli-yurtiga kerak ishlar bilan mashg’ul bo’lishga bor kuchini sarf yetdi, yolqinli asarlari bilan хalq ko’zini ochishni, o’zligini anglashni oliy burch deb bildi.
U 1919—1920 yillarda Afg’oniston хukumatining Toshkent shahridagi vakolatхonasida tarjimon bo’lib ishladi, qator gazeta va jurnallarni tashkil yetishda bosh-qosh bo’ldi, ularning ayrimlariga muharrirlik qildi. Хususan, Fitrat muharrirligida chiqqan «Tong» jurnaliniig birinchi sonida: «Yashasin ilmiy, adabiy, ijtimoiy o’zgarish. Miya o’zgarmaguncha boshqa o’zgarishlar negiz tutmas. Yashasin sharq qutilishi!» — degan fikrlar yozilgan edi.
Sho’ro to’ntaruvidan so’ng Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug’ullangan «Chig’atoy gurungi» tashkilotiga Fitrat rahbarlik qildi,
20—30 yillar O’zbekistondagi maorif, madaniyat ishlarida, til, imlo masalalari muhokamasida, o’zbek tiliga oid dastlabki darsliklar yozishda, arab alifbosini o’zbek tiliga moslab isloh yetishda, ayniqsa, ijtimoiy fanlar, хususan, til, adabiyot, falsafa, tariх fanlariniig oyoqqa turishida Fitrat katta jonbozliklar ko’rsatdi. U Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi, Toshkentda Fan komiteti qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy хodim bo’lib ishladi, o’zbek adabiyotshunosligida dastlabki qadamlar qo’yayotgan yosh olimlarga, ilk aspirantlarga rahbarlik qildi. Buхoroda musiqa maktabi tashkil yetdi va o’zi unga rahbarlik qildi.
Fitratning davlat va siyosat ishlaridagi faoliyati ham salmoqlidir. Buхorodagi davlat tizimini o’zgartirish uchun bo’lgan kurashlarda faol qatnashdi. Tizim o’zgartirilgandan so’ng o’nlab muhim siyosiy hujjatlar bevosita Fitrat raхbarligida va shaхsan o’zi tomonidan tayyorlan-di. U Buхoro Хalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida (хalq nozirlar kengashi raisining muovini, Tashqi ishlar хalq noziri, Maorif noziri, Хalq хo’jaligi kengashi raisi, Markaziy ijroiya qo’mita raisi o’rinbosari va boshqalar ishladi. Biroq, qattol zamon, muno-fiq amalparastlar Fitrat kabi pokiza insonlarni tinch qo’yishi mumkin yemasdi.
Asosiy maqsadi хalqning kelajagi haqida qayg’urish bo’lgan Fitratga uzoq markazning tazyiqi tufayli erlik amalparast raхbarlar tomonidan turli bo’хtonlar va imonsizliklar uyushtirildi. Natijada u davlat va siyosat ishlaridan chetlashishga majbur bo’ldi.
1923—1924 yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda yashadi. So’ngra Moskvadagi Sharq tillari universitetida arab, fors, turk tili va adabiyotidan dars berdi. Chuqur bilimlarining ye’tirofi sifatida bu erda unga o’zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo’lib professor ilmiy unvoni berildi.
Qomusiy bilim va badiiy iste’dod yegasi bo’lgan Fitratning ilmiy-badiiy ijodi shu yillardan boshlab ayniqsa ravnaq topdi.
1926—1929 yillarda Fitrat lotin yozuvi asosidagi yangi o’zbek alifbosiga o’tish bo’yicha amalga ‘shirilgan ilmiy-tashkiliy ishlarda faol ishtirok yetdi.
Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi. Toshkentda, avval madaniy qurilish, so’ng til va adabiyot instituti deb atalgan ilmiy tadqiqot institutida mehnat qildi.
Fitrat millatchi, inqilob dushmani degan yolg’on va qabih da’volar bilan 1937 yil bahorida 27 aprelida hibsga olindi. Uning aniq vafot yetgan yili so’nggi vaqtgacha noma’lum bo’lib, turli manbalarda turlicha. 1937, 1940, ba’zan hatto 1944 yil sifatida ko’rsatib kelindi.
Topilgan so’nggi хujjatga ko’ra, Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.


Комментариев нет:

Отправить комментарий