«SHOHNOMA»
ASARI TO’G’RISIDA
«Shohnoma»da tasvir etilgan voqealar eramizgacha bo’lgan
3223-yildan boshlanadi va 4 sulola tarixini o’z ichiga oladi. Bu sulolalar
quyidagilardir:
a) peshdodiylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 3223-782-yillar;
b) kayoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 782-50-yillar;
v) ashkoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 50-yildan
eramizning 150-yiliga qadar;
g) somoniylar sulolasi
- eramizning 150-651-yillari.
«Shohnoma» ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar
va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar sflsilasidan
iborat bo’lib, ularda ta’limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar,
lirik she’rlar va boshqalar ham bor.
«Shohnoma», kompozitsion qurilishiga ko’ra,
turli hajmdagi 50 ta podshohlikning tasvir va tavsifidan iborat. Ayrim
podshohliklarning tasviriga esa, o’z navbatida, yana bir necha dostonlar bag’ishlangan.
«Shohnoma» shartli ravishda uch qismga bo’linadi:
1) mifologik, 2) qahramonlik va 3) tarixiy qismlar. Agar mifologik qismga «Avesto»da
qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonik tasawurlar aks etgan asarlar kirsa, qahramonlik
qismini bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlari tashkil etadi. Bu turkumdagi asarlar
markazini Rustam obrazi egallaydi. Shu bilan birga Siyovush, Isfandiyor, Iskandar,
Bahrom Go’r obrazlari ham shu turkumdagi dostonlarning g’oyaviy yo’nalishini
belgilab keladi.
Firdavsiy «Shohnoma»si Sharq adabiyotida xamsachilik
an’analarining paydo bo’lishi va shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo’ldi.
Nizomiy, Xusrav
pehlaviy, Navoiy xamsalaridagi ayrim sujet
chiziqlari va qahramonlar Firdavsiy •«Shohnoma»sidan o’sib-unib chiqqan. Ana
shunday qahramonlardan biri
• Iskandardir. Navoiy, Firdavsiydan farqli
o’laroq, Iskandarni to’Ia-to’kis ijobiy I qahramon darajasiga ko’tarib, u orqali
o’z idealidagi odil podshoh obrazini yaratgan.
«Shohnoma»dagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar,
lashkarboshilar, olimlar,
• san’atkoriar, hunarmandlar, dehqonlardan
iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
a) mifologik obrazlar: Kayumars,
Hushang, Tahmuras, Jamshid va boshqalar.
b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon,
Zol, Rustam, Gev, Bijon va •boshqalar.
v) tarixiy personajlar Iskandar, Bahrom
Go’r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshqalar.
«Shohnoma»dagi afsonaviy qahramonlar orasida
Rustam bilan birga Kova : obrazlari alohida
ahamiyatga molik.
Ahrimanning fitnasi bilan saltanatni egallab,
ming yil davomida toj egasi bo’lgan Zahhok mamlakat ahlini qon qaqshatib, yelkasidan
o’sib chiqqan ilonlarni ularning miyasi bilan parvarish etadi.
Temirchi Kova mamlakatda adolat daraxti
qurigan va zulm-zo’ravonlik
Bavjga chiqqan bir zamonda bedodlikka qarshi
bosh ko’taradi. U ofat va falokat, zulm
va o’lim timsoli bo’lgan Zahhokka qarshi sabr kosasi to’lgan xalq ommasini yetaklaydi
va xalq qo’zg’oloniga rahbarlik qiladi. Uning peshbandi xalq qo’zg’olonining bayrog’iga,
zulmga qarshi ko’tarilgan qutlug’ harakatning
Eramziga aylanadi. Natijada xalq ommasining
junbishga kelgan to’lqini Zahhok va
uning saltanatini yemirib tashlaydi.
Ammo Firdavsiy tasavvurida yangi barpo
etilajak rnamlakatga temirchi Kovaning rahbarlik qilishi g’ayri tabiiy edi.
Shuning uchun ham u Zahhokning o’rniga Jamshidning o’g’li Faridunning saltanat
sohibi bo’lgani va uning podshohlik davrida elu yurtda adolat tantana qilganini
tasvirlashga alohida e’tibor beradi. Shu tarzda Faridun «Shohnoma»da odil
podshoh sifatida talqin etiladi.
«Shohnoma» jahon adabiyotining muhtasham
obidalaridan biridir. Asar boshidan oxiriga qadar aruzning mutaqorib bahri (faulo’n
faulo’n faulo’n faul) da yozilgan. Firdavsiydan keyin qahramonlik dostonlarini aruzning
shu bahrida yozish Sharq adabiyotida an’ana darajasiga ko’tarildi. Nizomiy Ganjaviy
«Iskandarnoma», Xusrav Dehlaviy «Oinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiy f esa «Xiradnomai
Iskandar» («Iskandarning donishmandligi nomasi») dostonlarini shu bahrda yozganlar.
«Shohnoma»ning masnaviy yo’lidagi qofiya tizimi ham Sharq dostonchiligida barqarorlashgan.
O’zbek xalqi «Shohnoma» va uning muallifi
Firdavsiyni uzoq zamonlardan beri e’zozlab keladi. Asar asliyati va
turli tarjimalari xalqimiz tomonidan sevib o’qib kelinadi. U ilk bor 1682-yilda
Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt
o’tgach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma»ning o’zbekcha nasriy variantini yaratgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий