понедельник, 29 августа 2016 г.


LUTFIY
(XIV — XV asrlar)

     XIV — XV asrlardagi о'zbek mumtoz adabiyotining atoqli va iste'dodli namoyandasi,
о'zbek va fors tilidagi lirik asarlari bilan Sharqda keng shuhrat qozongan so'z san'atkori Mavlono Lutfiy (bа'zi ma'lumotlarda ismi Umar, bа'zilarida Lutfulloh) dir.
     Lutfiy Toshkentda tavallud topgan. U о'z davrining yetuk ilmli kishisi bo'1gan. Shar'iy va dunyoviy ilmlar tahsilidan so'ng, tasavvuf ilmini ham takomilga yetishtiradi. Yoshligidan adabiyotga havas qo'yib, turli she'rlar ijod etadi.
     Shoir sharq mumtoz janrlarining bir nechasida ijod qilgan. G'azallari tez xalq og'ziga tushgan. U turkiy tilning tarovatini ko'rsata oluvchi dilbar she'riyat yarata olgan.
     Mavlono Lutfiy lirikada serqirra ijod qilish bilan birga, (bа'zi lutfiyshunoslarning е'tiroficha) dostonlar ham yaratgan («Zafarnoma», «Gul va Navro'z»). Axloqiy-falsafiy asari «Mashqun al-haqoyiq» asari esa bizgacha yetib kelmagan. Manbalarda uning musiqa ilmiga oid asar ham yaratganligi ta'kidlanadi. Ammo Lutfiyni mashhur qilgan albatta uning turkiy (о'zbek) tilidagi devonidir. Serjilva va husunkor she'rlarida go'zallik va vafo, malohat va sadoqat tarannum etiladi. Shu bilan birga, uning forsiy tildagi merosi ham zamondoshlari е'tirofiga sazovor bo'lgan.
     U keksaygan chog'ida о'z davrida ustoz maqomiga ko'tariladi. Kichik Alisherning kelajakda buyuk shoir bо'lishini ilg'ab, she'riyatini yuksak е'tirof etadi.
Lutfiy zamondoshlari tomonidan «Malik ul-kalom» nomiga sazovor bo'ladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий