ALISHER NAVOIY O’zbek
adabiyotining quyoshi, adabiy tilimizni kamolatga yetkazgan Amir
Nizomiddin Alisher binni G’iyosiddin Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida
temuriylar xonadoni amirlaridan bo’lgan G’iyosiddin Kichkina oilasida tavallud
topdi. 1445 yildan boshlab maktabga boradi.
U bo’lg’usi podshoh Husayn Boyqaro
bilan birga o’qidi.
1447-1449 yillarda Alisherlar oilasi
Iroqning Taft shahrida yashaydi. Yosh Alisher Taftda buyuk tarixchi olim Sharafiddin Ali YAzdiy bilan
uchrashdi. 1449 yilda ular yana Hirotga qaytib keladi. 1452-1457 yillarda otasi
G’iyosiddin Kichkina podshoh Abulqosim Bobur saroyida xizmat qiladi, uni
podshoh Sabzavor shahriga hokim qilib jo’natadi. Alisher podshoh Abulqosim
Bobur homiyligida Mashhadda o’qishni davom ettirdi.
1457 yilda Abulqosim Bobur vafot
etdi.
Abu Said Mirzo Hirot taxtini egalladi. 1459-1469 yillar Alisher Navoiy
Samarqandda yashadi, unga Samarqand hokimi Ahmad Hojibek, mashhur olim
Fazlulloh Abulays rahnamolik qildi.
1469 yil boshida Hirot
taxtini Husayn Boyqaro egalladi va uning chaqirig’iga binoan Navoiy 1469 yil
aprel oyida Hirotga qaytdi. Podshoh unga muhrdorlik lavozimini topshirdi. 1472
yilda Navoiy vazir (amir) etib tayinlandi.
1476 yilda Navoiy vazirlikdan
iste’fo berdi. Endi u davlat ishlaridan bir oz yiroq bo’ldi va astoydil badiiy
ijod bilan shug’ullandi. 1483-1485 yillarda Navoiy 5 dostonni o’z ichiga olgan
("Hayratul abror" 1483 yil, "Farhod va Shirin" 1484 yil,
"Layli va Majnun" 1484 yil, "Sab’ai sayyor" 1485 yil,
"Saddi Iskandariy" 1485 yil) "Xamsa" asarini yaratdi. 1487
yilda Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni Astrobod shahriga hokim etib tayinladi va
2 yil Astrobodda xizmat qildi. 1492 yilda Abdurahmon Jomiy vafot etdi.
1488-1501 yillarda Alisher Navoiy quyidagi asarlarini yaratdi:
1. "Tarixi muluki
Ajam"- 1488 yil.
2. "Holati Sayyid
Hasan Ardasher" - 1490 yil.
3. "Risolai
muammo" - 1491 yil.
4. "Majolisun-nafois"
- 1491-1493 yil.
5. "Xamsatul-mutahayyirin"
- 1492-1494 yil.
6. "Munshaot" -
1492 yil.
7. "Mezonul-avzon"
— 1492 yil.
8. “Holoti Pahlavon
Muhammad" - 1496 yil.
9. "Nasoimul-muhabbat"
- 1496 yil.
10."Xazoynul maoniy" devoni - 1491-1498 yil.
11."Devoni Foniy" - 1491-1498 yil.
12."Lisonut-tayr" - 1498 -1499 yil.-
13."Muhokamatul-lug’atayn" - 1498-1499 yil.
14."Mahbubul-qulub" - 1500 yil.
Bulardan
tashqari Alisher Navoiy quyidagi diniy-axloqiy asarlarini ham yozgan:
1. "Nazmul-javohir" - 1485 yil.
2. "Tarixi anbiyo va hukamo" - 1488 yil.
3. "Sirojul-muslimin" - 1488 yil.
4. "Arbain"
1501
yil 3 yanvarda Alisher Navoiy vafot etdi. Husayn Boyqaro buyrug’iga ko’ra butun
mamlakatda motam e’lon qilindi. Ko’plab shoirlar Navoiy vafoti munosabati bilan
marsiyalar, tarixlar yaratdilar.
Alisher
Navoiy nomida: Respublika xalq kutubxonasi. Navoiy viloyati.
O’zbekiston adabiyot muzeyi. Respublika milliy bog’i.
O’zbekiston respublikasi Davlat Mukofoti. Samarqand davlat universiteti.
Respublika opera va balet Katta teatri.
Navoiy
haqida yaratilgan muhim badiiy asarlar:
Oybek "Navoiy" romani.
Oybek "Guli va Navoiy" dostoni.
Oybek "Alisherning yoshligi" qissasi.
Uyg’un va Izzat Sulton "Alisher Navoiy"
dramasi.
Uyg’un va Izzat Sulton "Alisher Navoiy"
filmi.
L. Bat "Hayot bo’stoni" qissasi.
B. Boyqobilov "Shukuhli karvon" she’riy romani va boshqalar.
Комментариев нет:
Отправить комментарий