воскресенье, 28 августа 2016 г.

BERUNIY ABU RAYHON (973   1048)
 Bu voqea bundan ming yil avval yuz bergan.

Do'mboqqina bola har kuni ertalab Amu daryosi sohili bo'ylab aylanib yurar, har xil о't- giyoh va gullarni, shuningdek, meva, don, mayda toshlarni yig'ishga oshiqardi. So'ng terganlarini xaltaga solib, uyiga qaytardi. Kun- larning birida yig'gan giyohlarini ko'tarib, mahalladagi hamma taniydigan tabibga keltirdida: «Bobo, bu о'tning oti nadur?» deb so'radi. Tabib bobo jilmaydi, bolaning qiziqishidan xursand bo'lib: «Barakalla, bo'tarn, qanday yaxshi ish qilibsan. Qaraуа, bu giyohlar- dorivor о'tlarku»,   dedi. Shu tariqa tabib bobo har gal giyohlar va donlarning nomini aytib berar va bolaning tabiatga qiziqishini yanada oshirar edi.
 Bu bolakay bo'lajak buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy edi.
 Beruniy 4-sentabrda Xorazmning qadimiy poytaxti Kot (Kat) shahrida tug'ildi. U erta yetim qolgan bo'Isa ham yaxshi odamlarning qo'lida tarbiyalandi. Yoshligidanoq ilm-fanga juda qiziqdi. Ayniqsa, matematika, astronomiya, geografiya va tabiiyot fanlariga doir ko'
р risolalarni о'qib chiqdi. Qadimgi Xorazm tilini, turkiy, fors va arab tillarini puxta о'rganib oldi. Boshqa tillardan ham mashq qildi.
 So'ngra
о'zi ham matematika va astronomiya, geografiya va tarixga doir asarlar yoza boshladi. Yulduzlarni kuzatdi, daryo oqimini о'lchadi. Qum ostida qolgan baliq suyaklarini topdi ча о'rgandi, tabiat sirlari bilan qiziqdi. Turli fanlar sohasida kuzatishlar olib borish maqsadida о'zi ko'pgina tajriba asboblarini ixtiro etdi. Asta-sekin uning bilimdonligi ча kashfiyotlari olimlarning nazariga tushdi.
 Xorazm oqsuyaklari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning ilmiy ishlarini davom ettirishiga imkon bermadi. Kot shahri Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib olingandan so'ng Beruniy 22 yoshida Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) ketishga majbur bo'ladi. U Rayda ancha og'ir hayot kechirgan. Glim 998-yilda Jurjonga (Eronda- gi viloyat) keladi va bu yerda mashhur tabib, astronom va faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ko'
р narsalarni о'rganadi. Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini Jurjonda yoza boshlagan vа 1000-yilda yozib tugatgan. U Xorazmning yangi hukmdori Ма'mun II tomonidan Xorazmga chaqirtiriladi. 0'sha davrda Urganchda Xorazmshoh saroyida ko'р mashhur olimlar to'planib, turli sohalarda ilmiy ishlar olib borardilar. Hozir «Ма'mun akademiyasi» deb ataladigan bu anjumanda Beruniy yetakchi о'rin egallagan. Xorazm G'aznaviylar davlati hukmdon Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingach (1017), Beruniy ham boshqa olimlar qatorida Afg'onistonning G'azna shahriga olib ketiladi. Olim bu yerda о'zining barcha bo'sh vaqtlarini ilmiy ishlarga sarfladi. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga yurishlarida Beruniy unga hamroh bo'lgan vа ma'lum muddat Hindistonda yashab, ijod bilan shug'ullangan. Hindistonda bo'lganida hind madaniyati,
adabiyoti v
а о'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishuvi eski hind tili   sanskrit tilini о'rganishi uchun imkon berdi. Uning Hindiston yeri, tog'lari, daryolari, о'simlik va hayvonot dunyosi, xalqi, dini va urf-odatlari batafsil ta'riflangan mashhur «Hindiston» asari shu tarzda dunyoga keldi. «Hindiston» hajm jihatdan juda katta asar. Unda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya, etnografiya, qonun va urf-odatlar, din, diniy-tarixiy rivoyatlar, hind yozuvining turlari kabi ko'р masalalar yoritilgan. Bu kitob hind madaniyati tarixini yoritish jihatidan juda muhim asar hisoblanadi.
 Mahmud G'aznaviyning
о'g'li Mas'ud davrida Beruniy ancha yaxshi yashadi vа barakali ijod qildi. U astronomiyaga doir «Mas'ud qonuni» asarini Sulton Mas'udga bag'ishladi.
Beruniy har bir ishga sinchkovlik bilan, erinmay qarar, boshlagan ishini oxiriga yetkazishga harakat qilar edi. U «har kim ...
о'z ishini qayta-qayta tekshirib tursin, tirishqoq bo'lsin, mehnat qilishdan hech mahal erinmasin», deb uqtirardi.
 Abu Rayhon bilim doirasi nihoyatda keng olim bo'lgan. U
о'z asarlarida dunyoning cheksizligini, qit'alar va okeanlar doimo о'zgarib turishini, уа'ni bir suv bosib, bir tog' ko'tarilib, davr о'tishi bilan dengizlar cho'Iga aylanib turishi hodisasini ilmiy asoslagan.
 Beruniy 0'rta Sharq olimlari orasida birinchi b
о'lib Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotladi ча Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga keldi. U Yer shari о'lchamini aniqladi, 5 metrli globus yasadi, dunyo xaritasini chizdi. Dunyoning qayerida qanday boyliklar borligini, dengiz suvining har kuni ikki marta qalqib-qaytib turishini, Оу vа Quyosh tutilishlarining sababini soddagina qilib izohlab berdi. Amudaryo qaysi vaqtda toshib, qaysi vaqtda sayozlanib qolishi jadvalini tuzdi.
 Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi v
а trigonometriya tushunchalari ma'lum tartibda tushuntiriladi. Geografiya, geodeziya vа geologiya fanlari sohasida ham olimning qo'shgan hissasi katta. U ijtimoiy nazariyalar sohalarida ham samarali ijod etdi. Buyuk olimning falsafiy qarashlari о z davri uchun muhim ahamiyatga ega bo'Igan.
 Shunisi juda muhimki, Beruniyning hamma kitoblarida fan hamisha amaliyotga, kishilarning xo’jalik faoliyatiga xizmat ttiliahi kerakligi j uqtirilgan. U 75 yil umr ko'rdi. Shu davr ichida, 160 ga yaqin kitob
ча risolalar yaratdi. Asarlari matematika, astronomiya, geografiya, geologiya, farmakologiya, kartografiya, tarix, til, adabiyot sohalariga, shuningdek etnografiya, falsafa ча boshqa fan sohalariga bag'ishlangan. Uning «Qadimgi xalqlardan qol- gan yodgorliklar», «Xaritalar chizish», «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniqlash», «Astronomiya ilmidan boshlang'ich ma'lumotlar», «Mas'ud qonuni», «Astronomiya qonunlari», «Mineralogiya», «Dorivor о'simliklar haqida kitob» va boshqa shu kabi yirik asarlari jahon xalqlarining turli tillariga tarjima qilingan. 11-asr boshida yozilgan bu kitoblar о'sha zamon fanida tamomila yangilik edi. Beruniydan keyin yashagan olimlar uning kitoblarini о'qib- o'rganib uni о'zlariga ustoz deb bildilar. Samarqand rasadxonasini yaratgan Mirzo Ulug'bek ham Beruniy kitoblaridan foydalangan.
 Beruniy ilm fanning buyuk homiysi v
а muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog'liq, odamning baxti esa uning bilim vа ma'rifatida, deb yozadi. Beruniy ma'rifat dushmanlariga, qoloq urf- odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi. Buyuk olimning ko'pgina asarlari о'sha zamonlarda yashab о'tgan xalqlarning ijtimoiy, хо'jalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bo'lib xizmat qilgan. Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan е'tirof etilgan. Uning yubileylari ko'р mamlakatlarda nishonlanadi, tug'ilgan shahri, 0'zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent politexnika instituti Beruniy nomi bilan atalgan, Beruniy nomidagi 0'zbekiston Davlat mukofoti ta'sis etilgan.


Комментариев нет:

Отправить комментарий