MUHAMMAD SHARIF
GULXANIY
Muhammad Sharif
Gulxaniy hayoti va ijodi haqida bizgacha juda oz ma'lumot yetib kelgan. Lekin,
tazkira va tarixiy asarlardagi ma'lumotlarning о'zidan ham Gulxaniy о'zbek
mumtoz adabiyotida о'chmas iz qoldira olgan ijodkor sifatida namoyon bo’lgan.
U
Qo'qon adabiy muhitida yetishib chiqqan, о'zbek mumtoz badiiy nasriga ulkan
hissa qo'shgan adib va oz sonli yetib kelgan hajviy, lirik she'rlaridan esa
iste'dodli shoir ekanligi ma'lum bo'ladi.
Gulxaniy tog'li
Qorateginda tug'ilgan. Namangan va Qo'qon madrasalarida tahsil ko'radi.
Ко'pgina ishlar, jumladan Qo'qon xoni saroyida sipohgarchilik qiladi. Muhammad
Sharif og'ir iqtisodiy sharoitda yashagan. Amir Umarxon — Amiriy Qo'qon taxtiga
о'tirgach, atrofiga yiqqan ko'plab iste'dodli qalam ahli orasida Gulxaniy ham
bor edi. U Umarxonning tavsiya va topshirig'i bilan «Zarbulmasal» asarini
", 'yaratgan. Bu ijod namunasi axloqiy-didaktik va tanqidiy уо'nalishdagi
asar bo'lib, unda juda chuqur va jiddiy ijtimoiy mazmun ' majoziy timsollar
vositasida aks etgan. Shu bilan birga о'zbek tilining noyob xususiyatlari bu asarda о'z aksini
topgan.
«Zarbulmasal»dа bir-biriga izchil bog'langan о'ndan ortiq
nasriy va nazmiy masal, qissa va hikoyatlar mavjud. Bu hajman kichik asar,
badiiy jihatdan yetuk, axloqiy-ta'limiy g'oyalarni tarannum etadi. Unda
halollik, to'g'rilik, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi tuyg'ular ulug'lanadi,
manmanlik, befarosatlik, johillik, xiyonat kabi salbiy xususiyatlar qoralanadi.
Masalan, «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa va chayon» masallarida u'quvsitlik,
nodonlik va xiyonatning fojeaga olibkelishi ta'kid etilsa; «Tuya bilan
bo'taloq» masalida chuqur ijtimoiy-ta'limiy mazmun aks etgan. Gulxaniyning bir
necha о'zbek va fors tilidagi lirik va hajviy she'rlari ham yetib kelgan.
Fazliy о'z tazkirasida uning «Jur'at» taxallusi bilan ham ijod qilganligini
ta'kidlaydi.
Shoir Gulxaniy
iste'dodli shoir, mohir masalnavis sifatida milliy adabiyotimiz rivojiga hissa
qo'shgan ijodkordir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий