понедельник, 29 августа 2016 г.

FIRDAVSIYNING HAYOTI VA IJODI

«SHOHNOMA»

Tong saharlab Rustam sevimli oti Raxshga minib, ovga chiqdi. U butazorlar oralab borar yekan, quqqisdan usti o’t-o’lanlar bilan berkitshshb, ichiga xanjarlar qadab qo’yilgan chohga quladi. Dubulg’a va o’q-yoyi uchib ketdi.

- Ha-ha, yendi qalaysan, ahvoling shu yekan-ku, - masxaraomuz ovoz yeshitildi.
Rustam tepaga kdradi. CHuqurlik labida o’gay ukasi SHogod tirjayib turar yedi.
- YE-ye, senmisan uka, yaxshiyam kelib qolding, kamo-nimni olib ber, qarg’a-quzgun o’tsa otaman, - dedi Rustam yolvorib.
- O’zi nima ahvolda-yu, yana ov qilar yemish, ma, olaqol, - xiringladi SHog’od Rustamga qurolini uzatarkan.
YArador Rustam oxirgi kuchini yig’ib, SHog’odni mo’ljalga oldi va o’quzdi. O’q-yoy nomard ukaning kuragi ostidan teshib chikdi.
YErtasi kuni Rustamning SHogod qazib qo’ygan chohga qulab o’lgani xabari butun mamlakatga yoyilib, xalq bahodir-ning azasiga to’plandi. Vatan bir necha kun motam libosida bo’ldi. Ha, yelning ko’zidan nur, belidan quvvat ketgandek yedi. Butun shijoatini yel-yurt uchun baxshida yetgan xalq qahramoni Rustam mardonavor jang maydonida yemas, nomard SHog’od makri tufayli halok bo’ldi.
Abulqosim Firdavsiy ana shunday xalq, ona-Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan benazir san’atkordir] Firdavsiy 941 yilda YEronning Tus shaxri yaqinidagi Boj qishlog’ida, o’rtahol dehqon oilasida tug’ilgan. Bo’lajak shoirning otasi Tus hokimining «Fir-davs», ya’ni «Jannat» nomli bog’ida bogbon bo’lgan. Firdavsiy avval qishlogidagi maktabda, so’ng Tus shahridagi madra-salarda tahsil oladi. Otasi vafotidan keyin bog’bonlik Firdavsiy «Isfandiyor», «SHog’ot», «O’n ikki muhoraba» dostonlarida mamlakatning butunligiga tahlid soluvchi, o’zaro urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshshtarni qattiq qoralaydi. Manmanlik, mansabparastlik, xudbinlik, noshukrlik, qasoskorlik va fitnagarlik Isfandiyor va SHogod singari shavkatli bahodirlarni bevaqt halokatiga sabab bo’ladi. Bularning beboshligi, kaltafahmligi yurt va yel boshiga ko’p kulfatlar keltiradi.
Abulqosim Firdavsiy feodal o’rta asri sharoitida xalq qahramonligini ulug’ladi, vatanparvarlik hamda xalqlar birdamligi g’oyasini tarshb yetdi: ma’rifat, aql-zakovatni jaholatga qarshi qo’ydi. Arzimagan bahonalar bilan urush chiqarishni qoralagan shoir tinchlikni olqishladi.
Firdavsiyning mangu barhayot «SHohnoma»si qadimdan o’zbeklar orasida mashhur va manzur bo’lgan. «SHohnoma» dostonlari syujetlari asosida «Zahhoki moron», «Siyovush» singari sahna asarlari yaratildi. SHoirlarmmizdan Hamid G’ulom, Nazarmat, Jumaniyoz Jabborov, SHoislom SHomuhamedovlar «SHohnoma»ningyangi she’riy tarjimasini yaratdilar.

Комментариев нет:

Отправить комментарий