Lutfiy
(1366-1465)
O’zbek mumtoz adabiyoti tarixining Alisher
Navoiygacha bo’lgan davridagi yeng yirik siymolaridan biri Mavlono Lutfiydir.
«O’zbek
tilining izohli luғati»da «Mavlono» so’ziga shunday izoh berilgan: «Musulmon sharqida
olim va fozil kishilarni, ustozlarni uluғlab, ularning nomlariga qo’shib ishlatiladigan
so’z». Demak, Lutfiy nomiga «Mav-lono» so’zining qo’shilishi o’z zamondoshlarining
yuksak ye’tirofi va hurmati ramzi deb tushunilmoғi kerak.
Lutfiyning asl nomi Lutfulladir. U 1366 yildadunega
kelgan. Taroziy Lutfiyni «SHoshiy» degan. Bu ishoradan adibning Toshkentda tuғilgani
ma’lum bo’ladi: U uzok, yashagan tabarruk siymolardan biridir.^-Bu haqda Alisher
Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida shunday yozgan: «To’qson to’qquz eshida olamdin
o’tdi, qabri Dehikanordadur. Uz maskani yerdi». Dehikanor Hirot yaqinida bo’lgan.
Sulton Ibrohim Mirzo zamonidagi (hijriy
860) voqea-larni yeslab, Alisher Navoiy o’sha davrlarda ayniqsa, Lutfiy she’rlarining
shuhrat topganini qayd yetadi va yeng mashhur ғazallarining matla’larini keltiradi.
Navoiy Lutfiyning o’ziga nisbatan katta muhabbati borligini yeslatadi: «Bu faqir
borasiғa ko’p iltifoti bor yerdi va fotihalar o’qur yerdi».
Xondamir «Makorim ul-axloq» asarida Lutfiyni
Navoiygacha turkiy tilda ijod qilgan yeng yirik shoir sifa-tvda ta’riflaydi. Uniig
hassos qalbi va o’ta kamtarinligini ta’kidlab, bir voqeani yeslatadi.
YOsh Alisher Lutfiy huzurida ushbu matla’ bilan
boshlanadigan ғazalni o’qiydi:
Orazyn yopqach, ko’zumdin sochilur har lahza
yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon o’lғoch quyosh.
«Mavlaviy janoblari, — deb yozadi Xondamir,
— bu ravshan va yorqin ғazalni yeshitib, hayronlik dengiziga tushdi va shunday dedi:
«Qasam tangrigaki, agar mumkin bo’lsa yedi, men o’zimning fors va turk tillarida
aytgan o’n
ikki ming baytimni shu ғazalga almashar yedim.
Va shunday bo’lgan taqdirda men o’zimni kagga maqsadga yerishgan hisoblar yedim».
Bu erda shoir ijodining hajmi 12 ming bayt,
demak 24 ming misra yekanligi haqida ham yeslatma mavjud. Demak, shoirning bundan
ham ko’proq ijod qilganini taxmin yetish mumkin. CHunki bu voqea Navoiyningjuda
yosh paytiga to’ғri keladi. Vaholanki, Lutfiy olamdan o’tganida Navoiy 24 yoshda
yedi.
Lutfiy iste’dodli shoir va nozik didli tarjimon
ham bo’lgan. U SHarafiddin Ali YAzdiyning «Zafaryoma» asari tarjimasini boshlab
qo’ygan yedi.
Adibning ikkita devoni bizgacha etib kelgan.
Devon muayyan tartibga, asosan, radif va qofiyalarga rioya yetgan holda alifbo sirasi
bilan tuzilgan to’liq she’rlar to’pla-midir.
Lutfiy o’zbek adabiyotini o’z ғazal, tuyuq
va qit’alari bilan boyitgan adibdir.
Lutfiy ғazaliyotidagi asosiy mavzu — ishq.
Adib tasvi-ridagi oshiq — saodat timsoli. U o’z ishqiga mahbubining \am to’la ishonishini
istaydi:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur
jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Ayriliqdagi oshiquyqu, orom nimaligini bilmaydi.
U tunlarni tonglarga ulaydi:
Hijron kechasi charxi falakka etar, yey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
Bu erda qoronғilik (hijron kechasi),
osmon (charxi falak), osmondagi oy (yey moh}, saha^ tushunchalarining
bir-biriga yaqishgagi ko’rinib turibdi. Uzaro yaqin tushunchalarni bir bayt doirasiga
terish tanosib san’ati deyiladi. Bu she’riy san’atning go’zal namunalari
Lutfiy ijodida ko’plab uchraydi.
Razaldagi oshiq ahdida sobit. Hatto yor yeshigida
duch keladigan har qanday dahshatu azoblar ham unga pisand yemas;
Hattoki qilich kelsa boshimғa yeshikingdin,
Yo’qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Atoiy, Xorazmiy ғazallarida YUsuf,
YA’qub singari shaxs nomlarining tasheh o’rnida qo’llanganini kuzatgan
yedik. Lutfiyda ham shu hrlat mavjud. Faqat
Lutfiy bu qaxramonlarning boshqa jihatlariga ye’tibor beradi:
YA’qub bikin ko’p yiғidin qolmadi sensiz, Nuri
basarim, xoh inon, xoh inonma.
«YUsuf va Zulayho» dostonidan ma’lumki, YA’qubning
ko’r bo’lib qolishiga o’z farzandi go’zal YUsufni soғinib, qo’msab yiglashlari sabab
bo’lgan. Adib shu voqeani yeslatib turib, yor soginchida haddan tashqari ko’tt yiғlash
oqibatida «nuri basarim» — ko’zlarimning nuri qodmadi, demokda.
YOrning oydek yuzi bor. Ammo unga faqat oshiq
nazar solishi mumkin. Uzga kishining ko’z tashlashi oshiqqalbini o’rtaydi:
Oy yuzungga ko’z solғali o’zga kishi birla,
Yo’qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.
Oxirgi baytda yana tanosib san’ati kuzatiladi.
SHoir o’t, yuz, oltun, siymbar singari ranglarni anglatuvchi o’zaro yaqin
xrdisalarni ifodalovchi so’zlar orqali nihoyatda go’zal misralarni yaratadi:
Ishq o’tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, YEy
siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
Oshiq ko’nglidagi ishq uni yor tomon undab
turadi. Ammo erning ma’shuqani ko’rishining har doim ham imkoni yo’q. Ayriliq bu
o’tni yanada avj oldiradi. «Lutfiy yuzi oltunni eshurdi» degan jumlalar hijrondagi
kishi ranggiga ishora. YA’ni sariq rang oltin rangi bo’ladi. Ayni paytda yorga nisbatan,
siymbar, ya’ni kumush tanli deb murojaat qilishi qam ushbu ma’noni yanada kuchaytiradi.
Tanlangan qofiya va radiflarning tabiiy, sodda
va jarangdor yekanligi ғazalga o’zgacha ruh berib turibdi. Sevarim, jigarim,
saharim, guzarim, xabarim, basarim, nazarim, siymbarim so’zlari ohangdorlik
nuqtai nazaridan nihoyatda jarangdor. Radif yesa bu ғazalda butun boshli gapga teng
bo’lib kelmoqda. Lutfiygacha hech kim radifga bunday vazifa yuklay olmagan yedi.
Umuman, Lutfiy ғazaliyotida radiflarning ko’p
qo’llangani kuzatiladi. «Vafo kerak bo’lsa», «Topilsa» singari ғazallari bunga dalil
bo’la oladi. Bu jihatdan «Bu ko’ngul» ғazali ham ye’tiborlidir:
Meni shaydo qiladurғon bu ko’nguldur, bu ko’ngul,
Xoru rasvo qiladurғon bu ko’nguldur, bu ko’ngul.
Radif oddiy shaklni ko’rsatib qolmasdan, balki
u shoir goyaviy-badiiy niyatini ifodalashda asosiy vositalardan biridir:
Borma derlar yeshiki sori damo-dam, netayin,
Ko’p taqozo qiladurғon bu ko’nguldur, bu ko’ngul.
Qoronғu kechada jonni qiynashga majbur qiladigan
kuch ham shu ko’ngul:
Tori mo’yin havasi birla qoronғu kechada Jonni
savdo qiladurton bu ko’nguldur, bu ko’ngul.
Qoronғu kecha bilan soch tolasi bir xil rangda.
Kechasi qora narsaning, ayniqsa, soch tolasining ko’zga ko’rinishi naqadar mushkul.
«Jonni savdo qilish» jumlasining tagida shu muammoga ishora ham mavjud.
Ammo oshiq ko’ngli har doim bir xil. SHunga
ko’ra u dushmanu do’st orasida gaflatda qolishi hech gap yemas:
Dushmanu do’st orasida meni ғofilni mudom,
Besaru po qiladurғon bu ko’nguldur, bu ko’ngul.
Bu erda dushman so’zi do’st bilan
zid ma’noga yega. Sar (bosh) va po(i) (oyoq) so’zlari ham shunday
zid ma’nolidir. «Dushman» va «do’st» so’zlari birgalikda yangi ma’no, ya’ni hamma,
barcha ma’nolarini anglatyapti. Bosh-oyoqsiz qilmoq jumlasi ostida yesa
imkoniyatlardan mahrum bo’lmoq ma’nosi bor. Bularga sabab sifatida yana ko’ngil
ko’rsatilmokda. Bugana yemas, ko’z yoshiga sabab ham ko’ngil:
O’zgadin ko’rmaki ko’zung yoshini, yey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurғon bu ko’nguldur, bu ko’ngul.
Demak, ko’z yoshlari daryo bo’lsa ham, buni
o’zgadan ko’rmas-lik lozim. Inson qalbidagi orzu-istaklar, havas va inti-lishlar
cheksiz-chegarasiz. Inson ular izmida yashaydi. SHoir aytmoqchi bo’lgan aqidalar
shu fikr o’zanlariga uyғun. Muhi-mi, bularning barchasi yuksak badiiylik libosida
taqdim yetilgan.
Lutfiy inson ma’naviy olamining
o’ziga xos go’zallik-lari, go’zal tabiat tarovatining takrorlanmasligini ham ohorli
misralarda tasvirlaydi.
«YOz bo’ldi, kerak ul buti ayyor topilsa»
ғazadida mana shu ikki yo’nalish uyғunlashgan:
YOz bo’ldi, kerak ul buti ayyor topilsa, Barcha
topilur, bizga kerak yor topilsa.
Lirik qahramon «gul davrida hushyor yurgan
odam oqil yemas» deb hukm chiqaradi. Buni bahor go’zalligidan bebahra qolgan odam
oqil bo’lolmaydi, deb tushunish mumkin.
Lutfiy ushbu ishqiy ғazalida ham so’z o’yinlaridan
ustalikbilan foydalanadi:
Savdoyi bo’lubmsn, chu ko’ngul zulfina berdim,
Savdo bo’lur andaki, xaridor topilsa. «Savdoyi» — devona yoki shaydo bo’lgan kishiga
nisbatan qo’llanadigan so’z. SHoir uni «zulf» bilan boғlayapti. Gap go’yo zulfiga
shaydo bo’lish ustida bormoqda. Ayni paytda parishonlik, to’zғib turish zulfga xos
xususiyat. «Devona» ko’ngilning parishonxrl bo’lishi zulfning shu xislatiga ishoradir.
Keyingi misrada yesa shoir «xaridor» bilan boғliq yana bir «savdo» haqida gapiradi.
Bu bilan Lutfiy kugil-maganda juda nozik so’z o’yini qilmoqtsa.
Lutfiy ishqiy ғazallariga ijtimoiy oqanglarni
ham mohirlik bilan singdiradi. SHoir «Tortadur» radifli oshiqona gazalning oxirgi
baytida go’yo davr tavsifini beradi:
Yo’qturur yolғiz bu Lutfiy joniғa javri raqib,
Qayda bir dono durur, ul javri nodon tortadur.
Ko’rinib turibdiki, baytda jaholatga qarshi
norozilik juda ochiq ifoda yetilgan.
Lutfiy kazallarida xalq oғzaki ijodi an’analari
ochiq ko’rinadi. So’zlashuv uslubiga xos bo’lgan ohanglar, xalqona ta’bir va qochirimlar
fikrimizning dalili bo’la oladi. Uning «Ayoqingғa tushar har laqza gesu...» ғazali
besh baytdan iborat. Uning har bir baytida bittadan maqol uchraydi. Bu hol ғazalning
nihoyatda o’qimishli, dilga yaqin, sershira bo’lishini ta’minlagan. Xalq oғzaki
ijodiga yaqinlik «Senga ne?» ғazalida ham juda ochiq ko’rinadi:
Dudoғing ma’dani jondur, dedim, aytur: «Sengane?»
Qomating sarvi ravondur, dedim, aytur: «Senga ne?»
Lutfiy ғazalchilik an’anasiga ko’plab yangiliklar
ki-ritgan adibdir. U ilk marta suhbat — dialog usulini bu ғazalning boshidan oxirigacha
davom yettirgan. An’anaga ko’ra, ғazalda go’zalning tashqi qiyofasi, husni, latofati
madh yetiladi. Ammo lirik qahramon qalbidan kechayotgan nozik tuyғular ham o’z ifodasini
topgan.
Dudoғ (lab)ni ma’dani jonga, qomatni sarvga
o’xshatish gazalchilikda ancha oldindan kelayotgan an’ana. Ammo bevosita dialog
orqali ma’shuqa xatti-harakatlariga, uning ko’ri-nishi va ma’naviy olamiga doir
ma’lumotlarning berilishi Lutfiygacha deyarli uchramaydi. Ma’shuqa munosabatining
savod tarzdagi ifodasi («Senga ne?») birinchi marotaba uchrayotgan hodisa:
Qamar otliғ yuzung olidadur oy bir habashiy,
Daғi yuzungda nishondur, dedim, aytur: «Senga ne?»
SHoir so’z o’yinlaridan juda mahorat bilan
foydalana olgan. Inchunin qamar va oy asdida bir xil tushuncha ifodasi. YUz qamarga
ham, oyga ham o’xshatiladi. Ma’shuqaning javobi yesa yana xalqona ohangni yesga
soladi: Senga ne? — senga ni-ma? demakdir. Bunda o’ziga xos dashnom va tanbeh ham,
nozu istiғno ham, bolalarcha xatgi-harakat belgilari ham namoyon:
Tal’ating husni jahoniyu oning ustidagi Soching
oshubi jahondur, dedim, aytur: «Senga ne?»
Dastlab lab va qomat tasviridan boshlangan
ғazal, ik-kinchi baytda yuz tasviriga o’tgan yedi. Ushbu bayt yuz tas-viridan sochga
qarab o’tmokda. YA’niyuzingchiroyiham, yuz ustidagi sochlar ham jaqonni ғavgoga
keltiradi, deyilmokda.
Keyingi misradagi tasvir ko’z va qosh ta’rifiga
baғish-langan:
YOgo o’q qop-qora bo’lmas, magar ul qoshu ko’zung,
Ne ajab tiyru kamondur, dedim, aytur: «Senga ne?»
Ta’rif navbati oғizga etadi:
Xurdabinlar so’rmisham: irningmu durur obi
hayot, Iso nafasi hamondur, dedim, aytur: «Senga ne?»
An’anaga ko’ra, oғizning kichikligi
— go’zallik belgisi. Ammo shoirga bu kamlik qiladi. U oғizni «yo’q» deganlarni ham
yeshitgan. SHunda shoir yana so’z o’yini qilmoqda: «Onda bir zarra gumon» jumlasi
bu fikrda bir ozgina gumon, shubxa bor demoqda.
Navbatdagi baytda aytilgan uzvlar yana ham
boyitiladi:
«Zulfu yuzu ko’zi qoshu mengu ғamzang — barcha,
Fitnai axli zamondur», dedim, aytur: «Senga ne?»
YA’ni, soch, yuz, ko’z, qosh tasviri oldingi
baytlarda mavjud yedi. Bu erda meng (xol) va ғamza qo’shilib kelmoqda.
Oy yuz ta’rifi yana takrorlanadi. Ammo har
bir takrorda nimadir yangilanadi, nimadir qo’shiladi:
«Oy yuzung kun kibi zarroti jahon mazxarida,
Barcha olamda ayondur», dedim, aytur: «Senga ne?»
«Barcha olamga ayonlik» kun — Kuyoshga xos
alomat. Ammo shoir uni yorning yuziga nisbatan bermoqda. Oy yuz yorga tegishli.
SHuninguchun ham u Quyoshga nisbatan berilmoqda.
Nozik-fikrlar ichida Lutfiy xayolidan kechgan
tasvirlar ifodasini kuzating:
Bo’ldi ko’p fikri daqiq ichra xayoli Lutfiy,
«Bu ne mo’yu, ne miyondur», dedim, aytur:
«Senga ne?»
Bu erdagi «ko’p» so’zi «fikr» bilan boғlanib
kelmoqda. Ammo u mantiqan mo’y — soch bilan ham aloqador. SHuning-dek, «daqiq»
(nozik, diqqatli) so’zi «xayol» bilangina yemas, «miyon» (bel) bilan ham boғlanadi.
Bularning hammasi Lutfiy ғazallarining yuksak
badi-iyatini ta’minlovchi turfa omillarni ko’rsatib turibdi.
Garchi bu ғazal 9 baytdan iborat bo’lsa-da,
Lutfiy ғazal-larining aksariyat qismi 7 baytdan oshmaydi. 5, 6 baytli ғazallar ham
anchagina.
Lutfiy tuyuk^lari ham nihoyatda yuksak mahorat
bilan yozilgan. So’z o’yinlari ularda yorqin ko’rinadi:
YEy ko’ngul, yorsiz senga ne bor, bor, Qaydakim
ul zulfi anbarbor bor. CHek jafoyu javru nozi borini, Bir kun o’lғaykim, degaylar:
«Bor, bor».
Birinchi misrada ne bor — nima bor ma’nosida.
«Bor» ning yuk, ish ma’nolari ham mavjud.
Keyingi misrada u «mavjud» ma’nosida ishlatilmoqpa.
Ko’ngluma har yonki boqsam, doғi bor, Har necha
dardimni desam, doғi bor, Qilcha tanga bori ishqing yor yedi, Bir sori bo’ldi firoqing
doғi bor.
Bu tuyuqda so’z o’yinida «doғi bor» so’zlari
turli holat-larda boshqa-boshqa ma’nolarni ifodalab kelmoqda.
Dastlab, ko’ngilning har yonida alam va qiynoq
doғlarining mavjudligi, so’ng bu dardni qancha aytgan bilan yana topilaverishi ta’kidlanmoqda.
Oxirgi misrada firoq doғi (ta’sir)ning o’rni haqida fikr yuritilmoqda.
Tuyuqning asosiy xususiyati bir xil shakldagi
so’zni turli ma’nolarda qo’llashdir. Ammo bu so’zning qat’iy o’rni bor: u har doim
qofiyada kelishi shart. Buning ustiga tuyuqning o’ziga xos vazni ham mavjud. U,
asosan, a-a-6~a shaklida qofiyalanadi. Vazn ohangi foilotun foilotun foilundir:
CHar-xi kaj-raf- tor ye-lin-din yo-za~men
Foi-lo-tun fo-i- lo-tun fo-i-lun
CHi^-ma-dim hij- ron qi-shin-din yo-za-men
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun
Bir me-ni yor -liq bi-la yod yet-ma-ul
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun
Har ne-chaul shah-ga qul-luq yo-za-men
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun
Lutfiy shaklan ixcham qit’alarida ham nihoyatdateran
mazmunni qisqa va lo’nda ifodalash mahoratiga yega. Qit’a shaklan ғazalga o’xshasa-da,
uning dastlabki ikki misrasi o’zaro qofiyadosh bo’lmaydi. Tuyuq va ruboiylarga xos
bo’lgan a-a-b-a qrfiyalanish tartibi ham bu janrda uchramaydi. Qitьada faqat
juft misralargina o’zaro qofiyadosh bo’la oladi.
To’nғa siғmasmen farahdin gul kabi, Kelsa ul
sarvi ravon bir-bir manғa. Muncha yil ketgan bu baxtu davlatim, SHukrlillahkim,
kelur bir-bir manga.
Ushbu qit’a ikki bayt, to’rt misradan
iborat. Lirik qaxramon — oshiqo’z ma’shuk^siga intiladi. Uning bir qadam bosib kelishini
orzu qiladi. SHunday hodisa bo’lsa, u bunday baxtu iqbol, xursandchilik (farah)dan
ichiga siғmay ketadi. Bu go’yo o’z to’niga siғmasdan ochilib ketgan gulga qiyoslanmoqla.
Lirik qahramon bu o’xshatish bilan kifoyalanmoqchi yemas. Unga bu hali kamlik qiladi.
SHunga ko’ra u o’xshatishni yana bir poғona yuqoriga ko’taradi: YOrning kelishi
to’yo ketgan davlatning qaytishiga nisbat beriladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий