понедельник, 29 августа 2016 г.

FIRDAVSIY HIKMATLARIDAN

Hamisha aqlingni rahnamo yetgil,
Noloyiq ishlardan olisga ketgil.


Aqlli bo’l, bo’lgin bezien,
Hamisha tilingga bo’lgin posbon.

Mehnat tagidadir, yey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa tortmas yesa ranj.

Hunar birla aqling birikkan hamon,
Har ish bu jahonda yurishgan ravon.

Qudratlidir kimki bo’lsa bilimdon,
Bilimdan keksalar dili navqiron.

Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondashma, bosmasin g’aflat.

Ikki do’st turarkan elkama-elka,
Tog’larni ham oson aylaydi tilka.

Kishiga yaxshilik qil, berma ozor,
Faqat shu yo’lni tutgan mardu hushyor.

YOmonga qo’shilma, bo’lursan yomon,
Qarosin yuqtirar doimo qozon.

SHirin so’zli bo’l, yey sen bilimdon,
Tiling sovuq so’z-la bulg’ama oson.



Комментариев нет:

Отправить комментарий