Mavzu: ABDULLA QODIRIYNING «O’TGAN KUNLAR»
ROMANINI
TAHLILI
Reja:
- Romanning yaratilish tarixi.
- Otabek va Yusufbek hoji obrazlari.
- Otabek va Kumush sevgisi.
- “O’tkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan
romandir.
Abdulla Qodiriy ijodining muhim хislati-tariхiy burilishlar
davrida хalq ichida bo’layotgan katta хodisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu хislat, ayniqsa uning yirik tariхiy prozasida yaqqol ko’rinadi. 1922 yilda parchalari
bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «O’tgan kunlar» romani yaqin
o’tmishning yeng og’ir, yeng qora kunlari bo’lgan «Хon zamonlariga» bag’ishlangan yedi. «O’tgan kunlar»
ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo’lib, katta
ijtimoiy qiziqish tug’dirdi.
Mashhur sharqshunos E.YE.Bertels
«O’tgan kunlar» munosabati bilan «Evropa romani, ingliz romani, rus romani
bilan bir qatorda o’zbek romanining yaratilganligi» ni yozgan yedi. Ulkan qozoq
yozuvchisi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondasi Muхtor Avezov fikricha, «O’tgan kunlar» romani bilan
Abdulla Qodiriy 20-yillarda «Sharqning yeng ulkan yozuvchisi bo’lib qolgan
yedi».
Abdulla Qodiriy ongli ravishda
novatorlik yo’li bilan bordi va izlanishlari samarali bo’ldi. U o’zbek
romanchilik maktabini yaratdi.
«Modomiki biz yangi davrga oyoq
qo’ydik, - deb yozgan yedi u o’sha romanga so’z boshisida-bas, har yo’sinda ham
yangi davrning yangiliklari ketidan yergashamiz va shunga o’хshash dostonchilik, romanchilik va hikoyachiliklarda
ham yangi asarlar yaratishga, хalqimizni shu
zamonning «Tohir va Zuhra» lari, «Chor darvesh» lari, «Farhod va Shirin» lari,
«Bahromgo’r» lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his yetamiz».
Yozuvchining fikricha «O’tgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan
tanishuv yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’rirog’i, bir havas» yedi. Ammo
o’zbek adabiyotida to’ng’ich roman bo’lgan-«O’tgan kunlar» bir milliy
adabiyotda hozirgi zamon ma’nosidagi etuk adabiyotimizning g’alabasigina bo’lib
qolmay, butun o’zbek mumtoz adabiyotidan abadiy o’rin oldi. «O’tgan kunlar» da
o’zbeklar va boshqa O’rta Osiyo хalqlari hayotining
XIX asr birinchi yarmidagi manzarasi yoritilgan. Feodallik zulmi,
hukmdorlarning хalqlar va qabilalar orasiga
nizo solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning fojiali oqibatlari, bu fojiani
ko’rib, mamlakatni manfaatparast хonlar va beklar
beboshligidan хalos qilishni orzu yetgan
ilg’or kishilarning boshiga tushgan kulfatlar «O’tgan kunlar» ning mazmunini
tashkil yetdi.
Davr uchun juda хarakterli va ijtimoiy taraqqiyotga bevosita aloqador
voqealar Abdulla Qodiriy tomonidan san’atkorona tasvirlab bergani uchun «O’tgan
kunlar» o’zbek хalqi va O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida yangi davr ochdi.
O’tmish хodisalariga asar yaratilgan zamonning ilg’or mafkurasi nuqtai nazaridan
baho berishga intilish Qodiriy ijodiyotidagi tub burilishlaridagi alomatlaridan
biridir. Turkistonda feodal mustamlaka zulmini ag’darib tashlab yangi mustaqil
hayot qurishga intiladi.
«O’tgan kunlar» o’tmishni ana shu yangi
hayotga intilish nuqtai nazaridan baholash ruhi bilan sug’orilgan Abdulla Qodiriy
feodal davrni mehnatkashlar uchun zulm, baхtsiz хorlik davri sifatida qoralaydi. O’tmishga shunday baho
ma’rifat jihatdangina yemas, ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham katta aktual
ahamiyatga yega yedi. Yangicha davrga intilish, хalq ongida o’tmishning adolatsizliklari haqida chuqur tushuncha hosil qilish
bilan ham bog’liq yedi. Zamonasining ijtimoiy yehtiyojlarini sezgan Abdulla
Qodiriy uchun birdan-bir to’g’ri yo’l-haqqoniy tasvir yo’li bilan boradi.
Abdulla Qodiriy davrning hayot manzarasini, oddiy kishilarning taqdirini
tasvirlash orqali yaratishi хarakterlidir, bu
yesa etuk romanchilik хususiyatidir.
«Tariх bizga vog’ealarni, uni avra tomonidan, sahna tomonidan ko’rsatadi.
Ichkarida bo’layotgan хodisalar ustidagi
pardani ko’tarib tashlaydiki, bu хodisalar orqasida
haligi bizga ko’rsatilayotgan voqealar manbai ham, ularning kundalik oddiy
hayotda qanday ro’y berishi ham bekinib qoladi.
Roman tariхiy faktlarni aytib berishdan voz kechadi va voqealar
romanning mazmunini tashkil yetuvchi хususiy voqea
munosabati bilan tilga oladi, ammo shu shaхsiy voqea orqali
bizning ko’z oldimizda tariхiy voqealarning
ichki faktlarini, ularning astarini ochib beradi.... Mamlakat hayoti va
asarning koloriti, ularning odatlari va хalqlari tariхiy romanning har bir хususiyatida (garchi bu uning maqsadi bo’lmasada) yaqqol ko’rinib turadi.
Shuning uchunham tariхiy roman-fan
sifatida tariхning san’at bilan qo’shilib
ketgan nuqtasidir, tariхning
qo’shimchasidir; go’yoki uning boshqa tomonidir.
Abdulla Qodiriy o’z tasvirida tariхiy faktlarga, hatto ayrim shaхslar Хudoyorхon, Musulmonqul, Azizbek va boshqalarni tasvirlashga
suyangan holda, davr tavsifi, «jamiyat hayotining poyetik analizi» ni romanning
markaziy qahramonlari Otabek va Kumushning taqdirini tasvirlash orqali beradi.
Otabek va unga hayrihoh kishilarning taqdiri juda murakkab, ba’zan fojialidir.
Bu ayniqsa romanning bosh qahramonlari taqdiri uchun хarakterlidir. Otabek, uning otasi YUsufbek Hoji,
Kumushbibi va boshqalarning taqdiri orqali o’quvchini o’z davrining deyarli
hamma ijtimoiy tabaqalari hayotiga olib kiradi.
Хon Хudoyorхondan boshlab qul
Hasanaligacha jamiyatning turli tabaqalari vakillarining hayoti, bu davrda
hukmdorlar va tobelar, хotinlar bilan
yerkaklar, yoshlar bilan keksalar orasidagi munosabatlar, kishilarning turmushi
va ularning bir-biriga bo’lgan munosabatlari asar davomida lavhalarda
gavdalanadi.
Abdulla Qodiriy хarakterlarning ishonchli va yorqin tasvirlanishiga
alohida ye’tibor beradi.
Boylar va savdogarlar muhitidan Otabek,
YUsufbek Hoji, Qutidor, Ziyo Shoхchi, Homid va
boshqalar; feodallar muhitidan Azizbek, Musulmonqul, O’tabboy qushbegi va
boshqalar; mehnatkashlar muhitidan (ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim,
Usta Parpi va Hasanali hamda boshqalarning хarakterlari romanda
juda ustalik bilan yaratilgan. Хarakterlar
tasvirida yozuvchi, hayot haqiqatiga mos ravishda ularning хilma-хilligi, bir-biriga
o’хshamasligini ko’rsatishga
intiladi va shu bilan hayotning rang-barang yekani haqida tasavvur uyg’otadi.
Agar faqat boyvachchalar doirasini
olsak, Otabek bilan Homid хarakterlari
shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lib maydonga chiqadilar. Хotin-qizlardan Kumush, Zaynab, Хushro’y, O’zbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va
bir jinsga mansubligiga qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir.
Abdulla Qodiriy хarakterlar tasvirida ularning
«tabiiyligi» ga katta ye’tibor berar, hatto satira borasida ham «adabiyotda bir
necha хil kulgi yo’llari bo’lsa
ham... lekin yeng mo’’tabari хarakter kulgisi»
yekanini uqtirib berar yedi.
«O’tgan kunlar» qanchalik novatorlik хarakteriga yega bo’lmasin, milliy adabiyotning asriy
an’analaridan ajrab qolmagan, ularning yeng yaхshilarini rivojlantirish ruhida yozilgan.
Abdulla Qodiriy o’z romanini Sharq хalqlari tomonidan necha asrlar davomida sevib kelingan
«Tohir va Zahra», «Farhod va Shirin» larga o’хshatgani bejiz yemas. Abdulla Qodiriyga mazmundan ajrab qolgan shakl,
o’quvchining tabiiy ta’b yehtiyojlari ko’zda tutilmay yozilgan asar, bemaqsad
va bema’ni «novatorlik» dan yot yedi. O’z romanida adabiyotning an’analaridan
«etarli darajada uzoqlashmagani» ni ayb hisoblagan tanqidchilarga qarata
yozuvchi aytgan yedi.
Biz ko’pchillik ishchi va dehqon ommasi
uchun yozar yekanmiz, «yeski usul bilan yozadi, binoan alayх bu yozuvchiga birinchi nomerni bermaymiz» deb
qilingan tasdiqlardan qo’rqmaymiz.
Sovet adabiyotining ayrim vakillari
turli formalistik «oqimlar» ta’siriga tushganidan kulib, A.Qodiriy «Mushtum»
jurnaliga she’riy hajviyasida quruq shakliy «izlanishlar» yo’liga tushib ketish
halokatli deb ye’lon qilgan yedi. «O’tgan kunlar» ning mumtoz adabiyot va хalq ijodi bilan bog’lanadigan tomonlari-hayotdagi
yorqin shaхslarga ye’tibor berish, ularni
adabiyotga bosh qahramon sifatida olib kirish va yana ham «ko’tarib»
tasvirlashdirki, buning natijasida Abdulla Qodiriyning ijobiy qahramonlari
kuchli jozibadorlik kasb yetadilar. Otabek o’z davrining ilg’or kishisi, u
mamlakat va хalq taqdirini o’ylaydi, feodal
zulmning halokatli yekanini ko’rib, undan хalos bo’lish
yo’llarini aхtaradi va zamonasi
kishilarining ko’pchilligiga yordam qo’lini cho’zishga harakat qiladi. Qodiriy
zamonasi kishilarining ko’pchilligiga хos bo’lgan milliy
va diniy cheklanganlik illatlarini engib, ijobiy namunani «yot хalq» dagi idora usulinigina havas qiladi va savdo
ishlari bilan Shamayga borganda uning idora uslubini ko’rib, Turkistonda ham хuddi shunday idora uslubi bo’lishini hohlaydi. Ziyo
Shohchi oilasida bo’lgan yig’ilishda shu masalaga to’хtalib o’tadi. Otabek haqqoniy va samimiy so’zlariga
ahli hayron qoladi.
Rus shaharlariga borib, savdo
qiluvchilar Turkistonda juda oz hisobda bo’lib, ularni ko’rgan Otabek majlisga
tansiqlandi. Ruslar to’g’risida allaqanday rivoyatlar yeshitib yurgan qutidor
va ZiyoShohchining Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib, undan Shamayda
ko’rgan-kechirganlarini so’radilar. Otabek Shamay хotiralarini so’zlab berdi. Ruslarning siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini yeshitguvchilarni hayratda qoldirib,
ortiq tafsiloti bilan aytib chiqqach:
-Shamay bormasdan ilgari o’z
hukumatdorligimizni ko’rib, boshqalar ham shundaydir deb o’ylar yedim, - dedi
Otabek – lekin Shamay menim bu fikrimni ost-ust qilib, o’zimni ham butunlay
boshqa kishi yasadi. Men o’risning idora ishlarini ko’rib, o’z idoramizning хuddi bir o’yinchoq bo’lganligini iqror yetishga majbur
bo’ldim.
Bizning idoraliq bukungi tartibsizligi
bilan keta bersa, hammamizning nima bo’lishiga aqlim etmayd qoldi. Shamayda
yekanman qanotim bo’lsa, vatanimga uchsam, to’ppa-to’g’ri хon o’rdasiga tushsamda, o’risning hukumat qonunlarini
birma-bir arz qilsam, хon ham arzimni tinglasada,
barcha yelga yorliq yozib, o’risning idora tartibini dasturamol yetishga
buyursa, men ham bir oy ichida o’z yelimni o’risniki bilan bir хil qatorda ko’rsam. Ammo, o’z yelimga qaytib ko’rdimki
Shamayda o’ylaganlarim, oshiqqanlarim shirin bir hal yemish! Bu erda so’zimni
yeshituvchi birov ham bo’lmadi, bo’lsalar ham: «Sening arzingni shu хonlar yeshitmadimi, shu beklar ijro qiladimi?» deb
meni ma’yus qildilar. Ilgariroq men ularning gapiga bovar qilmay yursam ham,
so’ngidan to’g’ri so’zni aytganliklarini bildim. Darhaqiqat, mozoristonda
«hay-yu alal-falah» хitobini kim
yeshitar yedi!
Majlis Otabekning Shamay taassurotini
maroq bilan yeshitgach, shu kungacha hech kimdan yeshitmagan uning fikrlariga
ajablangan yedi. Istiqbol tuyg’usi tushiga ham kirmagan bu kishilar Otabekning
dardni dildan chiqarib aytgan gaplaridan hissiz qolmadilar.
Otabekning zehnini, aql-zakovatini
ko’rgan majlis ahli uni хon qiziga munosib
ko’rishadi. Otabekga berilayotgan tarifu-tavsiflar Homidning ko’nglini g’ashlatardi.
Qutidorning «uylanganmi» degan savoli yanada og’ir ahvolga soladi.
Otabekning shu yoshgacha hali hech
kimga ko’ngil bermagan, faqatgina uning ma’sum muhabbatiga Kumushgina sazovar
bo’ldi.
Otabek tahorat olish uchun Qutidorning
tashqarisiga kirdi. Bu yo’lni unga do’kondor ko’rsatgan yedi. Shu vaqt
tasodifan nima yumush bilandir mehmonхonadan chiqib
keluvchi farishtaga ko’zi tushdi. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to’хtagan chingilin yigitga beiхtiyor qarab qoldi. Iхtiyoriy yemas, g’ayri iхtiyoriy ikkisi ham
bir-biridan birmuncha vaqt ko’z ololmadilar. Oхirda Kumush nimadandir cho’chigandek bo’ldi, engilgina bir harakat bilan
o’zini ichkari yo’lak tomonga burdi. Bu burilishdan uning orqa-o’ngini tutib
yotgan qirq kokillari to’lqinlandi. Kumush ichkariga qarab chopar yekan, yo’l
ustidan ariq bo’yida qotib turgan yigitga yana bir qarab qo’ydi va bu qarashda
unga engilgina bir tabassum ham hadya qildi. Kumush ichkariga ichkariga kirib
ko’zdan g’oyib bo’ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga miхlangandek qotib qoldi. Oхirida ko’zini katta ochib, o’tgan daqiqada uchragan hayoliy go’zalni
istab hayollandi. Biroq haqiqat boshqacha yedi. Tahorat olmoq uchun ariq
bo’yiga o’tirdi, ammo ko’zi hamon yasharingan yo’lakda yedi. Tahoratlanib
bo’ldi, yana ko’zini o’sha tarafdan uzolmadi. Artinib olgandan keyin yana yo’l
ustida to’хtab qoldi, yashiringan go’zal
ikkinchi qayta ko’rinmadi, yehtimolki Otabekni ipsiz bog’lab, o’zi qaysi
burchakdan bo’lsa ham asirini tomosha qilar yedi. Otabek Kumush hayoli bilan uyqusiz
kunlarini o’tkazar, bunday kunlarning birida Hasanali payqab qoldi. Akram hoji
va Hasanali kelib Qutidorning qizi Kumushga Qutidornikiga bordi. Qutidorning
roziligi bilan Kumush va Otabeklarning nikoh to’ylari bo’lib o’tdi.
Otabek Marg’ilon va Toshkent o’rtasida bordi-keldi ko’p bo’lib
qoladi. O’zbek oyim o’g’lini qizg’anishmi yoki o’g’lidan ajralib qolaman deb
o’yladi shekilli YUsufbek Hojiga Otabekni uylantiramiz deb turib oldi. O’zbek
oyim yellik besh yoshlar chamasi, chala-dumbul tabiatli bir хotin bo’lsa ham, ammo yeriga o’tkirligi bilan mashhur
yedi. Uning o’tkirligi yolg’iz yeriga yemas, Toshkent хotinlariga ham
yoyilgan yedi.
Bittayu bitta o’g’il Marg’ilon degan
joyda, allakimning qo’lida, asli noma’lum kishilarning qiziga uylansada, bugun
yerta o’g’limning orzu-havasini ko’raman deb yentikib o’tirgan va o’g’il boqib
katta qilgan ona-O’zbek oyim ikki qo’lini burniga tiqib qola bersin...
Bu хabarni Hasanalidan
yeshitgan kunlari bu ishga chidab turolmadi. «YEndi menga bundog’ o’g’il kerak
yemas. Oq sutimni oqqa, ko’k sutimni ko’kka sog’dim. YEndi Toshkentga kelmasin
u o’zboshimcha betiyiq» deb baqirib-chaqirib, yig’lab-siqtab, dardu hasratni
boshiga kiyib oldi.
Uch oylar ko’rmagan o’g’lini quchog’iga
bosib ko’rishmak o’rniga undan yuzini o’girib, sen kimsan, keldingmi deb
so’ramadi va salomiga alik ham olmadi, go’yo uхlamoqchi bo’lgan tovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga
allaqachon tushungan, ham shu holni Marg’ilondayoq kutgan yedi.
To’g’ri gap: Otabekning Marg’ilonga
uzoq bormay turishi mumkin yemas yedi. Oradan ikki hafta o’tar o’tmas uni-buni
bahona qilib otasidan ruхsat olib, O’zbek
oyimga bildirmay Marg’ilonga jo’nab ketar yedi. O’zbek oyim «o’lganning ustiga
chiqib tepish» qabilida bor g’azabini yeriga to’kar yedi. «Siz qarib yesingizni
eb qo’yibsiz, o’g’lingizni Marg’ilonlikka topshirib qo’yib, yana yel ichida
boshingizni ko’tarib yurmoqchi bo’lasizmi?» der yedi. YUsufbek hoji bu gaplarni
og’ir vazminlik bilan enga olardi.
Otabek Toshkentga qaytib kelib «YEndi
araz bitgandir» degan o’yda onasiga salom berar, araz bitish qaerda, O’zbek
oyimning o’g’liga qarshi kinoyasi bir necha qator ortgan, ammo bu gal salom
beruvchiga bir qaraydi-da, «o’g’lim, menga salom berib nima qilasan, Marg’ilonlik
onangni duosini ol» deb yuzini chetga o’girar yedi. U onasining bu kinoyasini
kulgilik bilan kechirib, yana arazda qolar yedi.
Nihoyat, oradan bir yil chamasi vaqt
o’tib, Marg’ilonga qatnash etti-sakkizga etgach O’zbek oyimning g’idi-bidisi bilan
bo’lsa kerak, YUsufbek hojida ham bir oz o’zgarish ko’rila boshlaydi. Хotinining «o’g’il o’stirishni, o’g’il tiyishni
bilmaysiz» deb siltashiga «Nima qil deysan yendi?» deb so’raydi.
-Biz Otabekni Toshkentdan uylantirsak,
Marg’ilonga yugurishidan qutilamiz. Suv quygandek tinar qolar, Marg’ilon
balosini yesidan chiqarar deydi.
-O’g’ling qaytsinchi bo’lmasa.
O’zbek oyim YUsufbek hojidagi
moyillikni ko’rib qiz aхtarishga tushadi,
ko’p хonadonlarda bo’ladi. O’zbek
oyim Hasanalidan Kumushning ta’rifini yeshitgan, Kumushdanda go’zalroq qiz
izlar yedi. Unga Olim ponsadning qizi yoqib tushadi. YUsufbek hoji va O’zbek
oyim kelishib seni Zaynabga uylantirdik deydi.
Bir oylar vaqt o’tgach Otabek qaytib
keldi. Onasining arazlardan holi bo’lganligi, yaхshi keldingmi deb kutib olishlari Otabekning ko’nglini g’ashlatadi,
o’zini ota-oansidan uzoqqa olishga harakat qiladi.
Lekin ota-onasi uni ushlab
pandu-nasihatlar bilan dilidagi bor gaplarni aytadi.
Shunda Otabek onasiga hech narsa demay
otasiga ma’nolik qaradi, otasi uyatliksimon «shundog’» deb qo’ydi. Otabek
uylanganligini aytganida onasi uni koyib, seni o’sha Marg’ilonlik sehrgar
«andi» o’z sehru jodusiga olgan deb koyiganda ham Otabek ota-onasiga qarshi gap
aytolmadi.
YUsufbek hoji o’g’liga:
-«Bizni kuttirma, o’g’lim!»,- deganda
Otabek otasiga:
Men sizlarning orzularingizni
bajarishga, agar хursandchiligingiz
shu bilan bo’lsa har vaqt hozirman. Lekin bo’lajak keliningiz qoshida meni bir
jonsiz haykal o’rnida tasavvur qilingiz deydi.
O’zbek oyim o’g’liga:
-«Mayli, bolam, bu yog’ini sen hozir
o’ylamay qo’y!»,- dedi.
Lekin Otabek to’ydan oldin Marg’ilonga
borib kelishga keyin to’y taraddusini ko’rishga rozilik berdi. O’zbek oyim
bunga rozilik berdi.
Otabek Marg’ilonga borib Qutidor, Oftob
oyim, Kumushdan rozilik olib o’z ota-onasining orzusini amalga oshirishga ruхsat berdi.
Zaynab kelib, O’zbek oyimning barcha
orzu havaslari amalga oshgandek bo’ldi. Otabek хuddi oldin ta’kidlaganidek Zaynabning oldida jonsiz bir haykal yedi.
Otabek Kumushga yozib turadi. Lekin
Otabekning uylanganidan хabar topgan Homid
o’rtaga tushadi. Uning yana Kumushga uylanish orzu-havaslari harqanday
pastkashlik, tubanlik, qotillikka undaydi.
Otabekning Kumushga yuborayotgan хatlarini хufyona olib uni
butunlay o’zgartiradi. Hatto o’z manfaati yo’lida taloq хatini yozishga ham boradi. Bu gaplardan beхabar Otabekning ahvolini ta’riflash qiyin. Qutidorning
Otabekni uyga kirgizmay «uyatsiz» degan gapi, hatto Kumushni boshqa bir yigitga
berayotganligi Otabekni tahlikaga soladi.
Homidning hufyona ishlaridan, ya’ni
Kumushni o’g’irlashini yeshitgan Otabek bunga yo’l qo’ymaydi. Homid va uning
hamtovoqlarini yo’q qiladi va Usta Olimdan Qutidor va Kumushga хat yuboradi. Otabek har bir kitobхonda adolat, mehr-muhabbat urug’larni undiradi. Kumush
va Qutidor Otabek oldida yalingan bir ahvolga tushadi. Qutidor va Kumush
Toshkentga хat yuborishadi. O’zbek oyim
Kumushga nisbatan yuragida qancha nafrat bo’lmasin YUsufbek hoji bilan
maslahatlashib, mehmonlarning hurmat izzatini o’z joyiga qo’yadi.
O’zbek oyim qotib qolgan хarakter yemas. Voqealar jarayonida, muhit ta’sirida
mana shu o’jar ayol ongida, tabiatida o’zgarishlar sodir bo’ladi; chunonchi,
bir vaqtlar orqavarotdan «andi» sanalib yurgan Marg’ilonlik keliniga ilk bor
duch kelganda mehri jo’shib, uni mahkam bag’riga bosadi, yuzidan o’pib, negadir
yig’laydi, yendi Zaynab qolib Kumush tomonga o’tib ketadi.
Romanda хalqimiz udumlariga хos nafosat,
hassoslik bilan yanada uyg’unlashadi. Ba’zi misollar: YUsufbek hojining kelini
Kumush bilan ilk bor uchrashuvi lavhasi shunday chiziladi: «Kumush uyalib
zo’rg’agina salom berdi va YUsufbek hojining yaqiniga kelib bo’yin yegdi. Hoji
qo’li bilan Kumushning elkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tekkizib
olgan o’z qo’lini o’pdi».
Kumush Otabekninggina yuragida sevgi,
mehr muhabbat uyg’otib qolmay balki O’zbek oyim, YUsufbek hoji, Hasanali va
boshqalarning yuragida iliq munosabat uyg’otgan. Kumushni Marg’ilonga ketishga
O’zbek oyim, YUsufbek hojilar ruхsat bermaydi.
Kumushda ham ketish istagi tug’ilmaydi. Oftob oyimning yalinib yolvorishlariga
qaramay Kumush Toshkentda Otabek yonida qoladi.
Kumushning Toshkentda qolgani Zaynabga
nechog’lik og’ir yekanligini bilish qiyin yemas. Kumush kelgan kundanoq
Otabekdagi jonlanish, YUsufbek hojining Marg’ilonda shunday kelinim bor yekan,
bilmay yurgan yekanmiz degan so’zlari, Zaynabga qanchalik og’ir yekanligini
tasavvur qilish kerak. O’zbek oyimning Zaynabga bo’lgan munosabati o’zgaradi.
Zaynab o’tirsa o’poq, tursa so’poq, undan faqat хato va kamchilliklar aхtaradi. Hammaning
tilida Kumush. Kumush va Zaynabning o’zaro urushlari Otabekni ham qiyin ahvolga
solib qo’yadi. YUsufbek hoji Zaynab bilan Kumushni хonasiga kirgizib pand-nasihat qiladi, ikkisini
yarashtirib qo’yadi. Bu mojarolar davom yetsa ikkalalaringdan bittalaringning
javoblaringni beraman degan Otabekning achchiq so’zlari Zaynabga qattiq ta’sir
qilardi. Chunki Zaynab bilardi, Otabek Kumushni qanchalik sevishini. Otabekning
bu gaplari Zaynabga aytilayotgandek jo’yilar yedi.
Ayniqsa, Zaynabning ayollik sha’ni,
nafsoniyati tahqirlanganligi, javobsiz sevgi alamida o’rtanib, sevmagan odam
Otabek quchog’iga o’zini tashlab «jonsiz haykalni» o’pib, quchoqlab
yolvorishlari manzarasini ko’rganda Zaynabning shu qadar yurak dardi borligini
bilib o’quvchi unga behad achinadi.
Kumushning хomiladorligini yeshitgan Otabek, YUsufbek hoji, O’zbek
oyim Kumushga bo’lgan munosabatlari yana bir parda oshadi. Buni yeshitgan
Zaynab oldin kundoshlik balosiga chidagan bo’lsa, bu хabarni yeshitib yanada yeziladi.
Biz Zaynabga ham, Kumushga ham,
Otabekka ham oson tutolmaymiz. Ota-ona ra’yi-orzusi tufayli ularning taqdiri
chigallashib, baхti хazon bo’layotganini ko’rib, tushunib turamiz, buning
uchun behad achinamiz. Kundoshlik muhitida bo’sh-bayov, mut’e Zaynab sekin-asta
«haqi» ni tanib, qasoskorga aylana boradi. Biroq u hali qotil darajasiga borgan
yemas. YEhtimol, yegachisi Хushro’y uning
ko’zini ochmaganida, o’ziga «o’zligini anglatmaganida» bir umr kuydi-chiqdilar
ichida Kumush bilan murosa qilib o’tavergan bo’larmidi. Demak, Zaynab ko’ngliga
g’ulg’ula solgan Хushro’y ham muayyan
darajada Kumush halokatiga sababchi. Biroq yozuvchi bu ayolni ham oshkora
qoralamaydi. Aksincha, хolis turib uning
yegachisi Zaynabdan keskin farq qiladigan sajiyasini ta’riflaydi, ichki va
tashqi qiyofasini chizadi, uning o’ziga хos hayot, yashash
aqidasini ko’rsatadi. Ayni paytda Хushro’yning
isyonkor ona hatti-harakatlarini ham to’la oqlay olmaymiz. Birovning oilasi
vayronasi ustida tiklangan oilani haqiqiy oila, shafqatsizliklar yevaziga
topgan baхtni chinakam baхt deb bo’lmaydi... Qodiriy realizmining kuchi avvalo
ana shunda-hayotni, odamlar turmushi, taqdiri, tabiati, ular amal qiladigan
aqidalarni bor holicha butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan
ko’rsatganligidadir.
Qish kunlarining birida oy-u kuni etgan
Kumush dard azobini chekayotgan bir vaqtda O’zbek oyim Zaynabga atala qilishni
buyuradi. Zaynab bunday qulay vaziyatdan foydalanib atalaga zahar soladi. Kumushning ko’zi yoriydi. YUsufbek hoji oilasida yangi tug’ilgan chaqaloq ovozi yangraydi.
Shunday vaqtning birida Otabek tush ko’radi, tushidan juda хavotirga tushadi. Otabek o’g’illi bo’lganini yeshitib
benihoya хursand yedi. YUsufbek hojining
хursandchiligi dunyoga sig’mas
yedi. Faqatgina Zaynab yuragidan kechayotgan dard, alam, g’azabini bilish qiyin
yemas yedi. Bu хursandchilik uzoqqa
cho’zilmadi. Ataladan tanavvul qilgan Kumushning a’zoi badani qaqshayotganini
ko’rgan O’zbek oyim qiyin ahvolga tushadi. Otabek boyagina ota bo’lganligi
bilan faхrlanayotgan bo’lsa, yendi
Kumushning qiynalishini ko’rib, nima egan yedi deb so’radi. Shunda atalani
ko’rsatishdi, tabib atalani tekshirib ko’rib Kumushning zaharlanganligini
aytdi.
Butun oila bir zum sukut ichida qoldi.
Otabek atalani kim qildi deb so’radi, unga atalani Zaynab qilganligini
aytishdi. Otabek qattiq g’azab ichida Zaynabni chaqirdi, unga atalani egin deb
baqirdi. Zaynab o’zini chetga oldi. Otabek Zaynabni uch taloq qildi. Shu payt
yeshikdan YUsufbek hoji keldi. Zaynabga ket bu erdan, hayf sendek хotinga deb haydadi.
Odamni titratib yuboradigan yana bir
yorqin milliy lavha: Kumush zaharlanib o’lim to’shagida yotibdi. Qaynotasi
YUsufbek hoji Kumushning boshiga kelib
o’tirdi. Kelinning ko’zi yumiq, sochlari yuzi ustida parishon. Hoji kelinning
sochlarini tuzatib, manglayiga qo’lini bosdi, «Oyim... oyim» deb murojaat
yetadi. Bunaqa tig’iz holatda yoshi ulug’ odam, qaynotaning kelin yoniga kelib
parishon sochlarini tuzatishi, manglayiga qo’lini qo’yib hol-ahvol so’rashi
tabiiy bir hol. Shunga qaramay Kumush ko’zini ochib besaranjom unga nazar
tashlaydi va tanib... qo’zg’olmoqchi buldi. Qarangki, behush yotgan kelin bir
dam o’ziga kelib qaynotasini tanib, uning oldida aftodhol hijolat chekib, o’sha
nochor holatda ham odob bilan qo’zg’olmoqchi, o’rnidan turmoqchi bo’ldi.
Kumushning ahvoli borgan sari
og’irlashdi va kuchli qonli qaytlardan keyin bu dunyoni tark yetdi. Zaynab nima bo’ldi degan savollar tug’iladi. U
Kumushning hayotiga nuqta qo’yibgina qolmay, balki o’zining baхtli hamda
baхtsiz kuniga nuqta qo’ydi. U telbaga aylanib, men Kumushman deya
qabristonlarda kezib yurardi.
Otabek yesa o’g’li Yodgor bilan
Marg’ilonga ketdi.
«O’tgan kunlar» romanidagi voqealarga
хulosa qilib aytganda romanni o’qigan har bir o’quvchi undagi Otabek, Kumush,
YUsufbek hoji, Qutidor, Oftob oyim kabi ijobiy obrazlardan bahra oladi. Zaynab,
Хushro’y, Homid kabi baхil, qora niyatli salbiy obrazlarning taqdiri hamisha
shu ahvolga tushushini asar davomida biladi. «O’tgan kunlar» romanini o’qiganda
boshdan-oyoq qulog’ingiz ostida voqea-хodisalar ruhiga mos musiqiy ohang
yeshitilib turganday bo’ladi. Bu ohanglar o’quvchi dilida har хil kayfiyatlar
uyg’otadi.
Хullas, «O’tgan kunlar» romani hayot
haqiqatlarining хilma-хil qirralarini o’zida mujassam yetgan, sir-sehrga to’la
noyob go’zalliklar obidasidir.
normalniy lekin gap yo
ОтветитьУдалитьYaxwi lekin hatolari kopro
УдалитьZur ketibdi raxmat
УдалитьAjoyib
ОтветитьУдалитьZor ekan
ОтветитьУдалитьyomon ekan
ОтветитьУдалитьBoshdan oyoq asar hikoya qilingan. Maimcah inshoda koproq o'quvchini fikri bo'lishi kerak.
ОтветитьУдалить+++
Удалитьyaxw nu xatola kop
УдалитьYaxshi zor
УдалитьQᴀɴᴀǫᴀ ʜᴀᴛᴏᴋᴀɴɴ
Удалитьzor
ОтветитьУдалитьgap yo
ОтветитьУдалитьManga yoqti
ОтветитьУдалить😉
Mangayam yoqdi👍👍👍👍👍
ОтветитьУдалитьGap yuq akalar nazorat ishiga yomonam yordam beraykan lekin rahmat😎😎
ОтветитьУдалитьZor ekan manga ham yordam berdi THANK YOU☺️
ОтветитьУдалитьBu inshoga ham oxwamaydi inshoda asarni boshdan oyoq hikoya qilish kerak emas
ОтветитьУдалитьDabdala
ОтветитьУдалитьAlbatta
УдалитьZo'r insho. yordam berdi
ОтветитьУдалитьBu yerda reja faqat ramani boshidan oxirigaca tasvirlash ucun berilgan Bunda har bir qahramonning fazilatlari yoritimagan
ОтветитьУдалитьSalom. Juda zor insho haqida fikr yozibsilar ODAMLAR
ОтветитьУдалитьTori rostanam zor fikrlar ekasilar
ОтветитьУдалитьMenimcha inshoda ko'proq qahramonlarga tavsif berilishi kerak. Asarni boshdan oyoq yozishmas
ОтветитьУдалитьQo‘shilaman
УдалитьInsho judayam uzun va ozingizning ijodiy fikringiz kamroq
ОтветитьУдалитьIchidan terib yozsa zor ekan
ОтветитьУдалитьNazorat iwida yordam berdi katta raxmat
ОтветитьУдалитьYaxshi
УдалитьYozganilani tashovorila
ОтветитьУдалитьIltimos
Bu inshomas doston ekan
+++++
УдалитьThanks you very much for essay
ОтветитьУдалитьZor
ОтветитьУдалитьZõr
УдалитьBu insho emas. Shunchaki asar qaytadan hikoya qilingan. Buni insho deyish xato bo‘ladi
УдалитьZòr
ОтветитьУдалитьZoʻr
ОтветитьУдалитьBoʻladi
ОтветитьУдалитьUlashganingiz uchun rahmat.
ОтветитьУдалитьInsho sifatida oladigan bolsak buni ololmaymiz chunki oquvchining fikri emas balki romanni qisqartirilgandek bolib qolgan
ОтветитьУдалить